Ijtimoiy gumanitar fanlar


Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hayoti va faoliyati



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə69/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hayoti va faoliyati.
Islom dinining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat hukmronlik qilayotgan Makka shahrida, 570-yilda Quraysh qabilasining obro‘li Abdulmuttalib xonadonida dunyoga kelgan.
Otasi Abdulloh va onasi Ominadan erta yetim qolgan Muhammad (s.a.v.) dastlab bobosi Abdulmuttalib, keyinchalik amakisi Abu Tolib qo‘lida tarbiyalanadi. Muhammadning (s.a.v.) to‘g‘ri so‘zligi, birovni aldamasligi, doimo rost so‘zlashi qabiladoshlari tomonidan e’tirof etilib, ismlariga “Amin” (ishonchli) qo‘shimchasini qo‘shib chaqirganlar.
610-yilda Muhammad (s.a.v.) 40 yoshga to‘ladi. Shu yili Ramazon oyining 17-kunida Makka shahrining Nur tog‘idagi “Hiro” g‘orida Muhammad (s.a.v.)ga ilk vahiy kelganligi islom dini manbalarida qayd etiladi. Shundan so‘ng u o‘z yaqinlariga islom dini mohiyatini yetkaza boshladi.
Islom dinini qabul qilganlarning safi kundan kunga ortib bordi. Bu esa makkalik zodagonlarga yoqmadi. Ular musulmonlarga tazyiq o‘tkaza boshladilar. Ushbu og‘ir vaziyatdan qutulish maqsadida musulmonlarning bir qismi Makkadan Habashiston (hozirgi Efiopiya)ga ko‘chib o‘tdilar. Bu islom tarixida “birinchi hijrat” nomini oldi.
622-yilda, dushmanlarning navbatdagi tajovuzidan so‘ng, Muhammad (s.a.v.) o‘z safdoshlari bilan Makkadan Madinaga ko‘chdilar. Islom tarixida bu ko‘chish “Madinaga hijrat” deb ataladi. Muhammad (s.a.v.) 632-yilda haj ibodatini amalga oshirganlar. Haj safari 10 kun davom etdi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Muhammad Rasululloh tuya ustida o‘tirib, hajga to‘plangan musulmonlarga qarata muborak nutq so‘zladilar. Bu nutq “Vido xutbasi” ham deyiladi. Payg‘ambarning bu hajlari islom tarixida – “Vidolashuv haji” deb yuritiladi. Muhammad (s.a.v.) “Vidolashuv haji”dan Madinaga qaytgach, milodiy 632-yilning 27-mayida 63 yoshda vafot etdilar.
Islom dini ta’limoti.
Islom dini ta’limotiga ko‘ra, bu dinning 5 ta arkon (ustun)i mavjud. Ular imon, namoz, ro‘za, zakot va hajdir. Imon deganda quyidagi 7 narsaga ishonish tushuniladi: 1) Allohga; 2) farishtalarga; 3) muqaddas kitoblarga; 4) payg‘ambarlarga; 5) oxiratga; 6) taqdirga; 7) o‘lgandan keyin tirilishga.
Islom dinini qabul qilmoqchi bo‘lgan kishi Allohga va uning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga imon keltirish kalimasi “Kalimayi shahodat”ni aytishi talab etiladi. Kalimayi shahodat Allohdan o‘zga xudo yo‘qligiga va Muhammad (s.a.v) uning bandasi va payg‘ambari, rasuli ekanligiga shohidlik beraman, demaklikdir.
Namoz. Namoz ibodati kuniga 5 mahal o‘qiladi. Namoz Allohga shukronalik ramzi sifatida ado etiladi. Namozlar farz, vojib, sunnat va nafl namozlariga bo‘linadi.
Ro‘za. Ro‘za savob umidida erta tongdan to kun botishiga qadar tutiladigan ibodat. Ro‘za tutgan kishi kun davomida yeyish va ichishdan, yomon so‘zlarni gapirishdan, boshqa gunoh ishlardan tiyiladi. Musulmonlar Ramazon oyida ro‘za tutadilar. Ramazon oyi oxirida fitr sadaqasi (fitr ro‘za) beriladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin