Ijtimoiy gumanitar fanlar


Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə71/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar.
VII asrning ikkinchi yarmida bir guruh isyonchilar tomonidan uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning o‘ldirilishi natijasida islomda ilk bo‘linishlar boshlandi. Xalifa Ali davriga kelib bu jarayon kuchaydi. Natijada, xorijiylik,shialik va sunniylik deb ataluvchi yo‘nalishlar vujudga keldi.
Xorijiylik yo‘nalishi 656-yilda yuzaga kelgan. Ular siyosiy maqsadlarini din bilan asoslashga urinib, o‘zlaridan boshqa musulmonlarni, xususan xalifa Alini dindan chiqqanlikda ayblashgan. Saflariga qo‘shilmaganlarni shafqatsizlarcha o‘ldirishlari bilan tarixda yomon nom qoldirganlar. 661-yilda xorijiylar xalifa Ali ibn Abu Tolibga suiqasd uyushtirib, qatl qilganlar.
Shialik yo‘nalishi xalifa Ali vafotlaridan so‘ng yuzaga kelgan. “Shia” so‘zi guruh, tarafdor degan ma’nolarni anglatadi. Shialik vakillari Muhammad (s.a.v) ning vafotlaridan so‘ng qizlari Fotima va kuyovlari Ali hamda ularning avlodlari musulmonlarga yo‘lboshchilik qilishlari kerak edi, deb hisoblaydilar.
Sunniylik shialikdan farqli ravishda, xalifalikni Muhammad (s.a.v) avlodlariga xoslashga ham, xorijiylar kabi o‘zlaridan boshqalarni dindan chiqqanlikda ayblashga ham qarshi chiqqanlar. Sunniylar islomning Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) davridayoq shakllangan ta’limotini mahkam ushlash va uni kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilganlar. VIII-IX asrlarga kelib sunniylik doirasida shariat mazhablari – hanafiylik, molikiylik, shofiiylik va hanbaliylik yuzaga kelgan. Mazhablar shariat bilimdoni (faqih) tomonidan Qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan yo‘l bo‘lib, turli o‘lkalardagi olimlar atrofida shakllangan. Shu sababli ham mazhablar o‘z asoschilari nomi bilan atalgan.
Masalan, Abu Hanifa asos solgan mazhab – hanafiylik, Molik ibn Anas asos solgan mazhab – molikiylik deb atalgan. Mavjud mazhablar o‘rtasidagi farqlar juda kam bo’lib, ular bir-birini inkor etmaydi.
Fatvo (arab. – tushuntirish, izoh, hukm, qaror) – islomda mufti yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh.
Fatvo – barcha diniy-huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qo‘shimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan Fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan amal qilinuvchi hukm hisoblanadi. Fatvo Qur’on, hadislar va shariatga asoslanib chiqariladi. Fatvo berish, ya’ni shar’iy hukmlar chiqarishdan maqsad, insonlarning manfaatlarini yuzaga chiqarish, ulardagi ehtiyojlarning diniy-huquqiy asoslarini yaratish, musulmonlar oldida turgan ijtimoiy muammolarning shar’iy yechimini topib berishdir. Ayrim diniy-ekstremistik guruhlar “xalifalik davlati tiklanmas ekan, musulmonlarning ibodati ibodat emas”, degan fatvolarni beradilar. Bu – islom dini shariati va manbalariga mutlaqo ziddir. Islom manbalari va tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) so‘nggi hajlarida so‘zlagan nutqlarida quyidagi fikrlar alohida qayd etiladi: “Xalifalik mendan so‘ng ummatim ichida o‘ttiz yildir, undan so‘ng podshohlik bo‘ladi”.
Mazkur hadisga muvofiq ravishda Abu Bakr (632- 634), Umar ibn Xattob (634-644), Usmon ibn Affon (644-656), Ali ibn Abu Tolib (656-661) 30 yil xalifalik qilganlar. Undan so‘ng amirliklar, podshohliklar, xonliklar va boshqa dunyoviy davlat boshqaruvlari vujudga keldi.
“Ahli sunna val–jamoa” tarkibiga kiruvchi fiqhiy mazhablar quyidagilardir:

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin