Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə73/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Shofe’iy mazhabi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofe’ al–Qurayshiy al–Hoshimiy al–Muttalibiy (150G’767–204G’804) Abu Hanifa vafot etgan yili Falastinning G’azza shahrida tug’ilib, 29–rajabG’19–yanvar juma kuni tunda Misrda vafot etagan buyuk olim.
Imom Shofe’iyning fiqh bo’yicha “Al–Hujja”, “Kitobul–Umm” (ona kitob, ya’ni asosiy kitob) va usulul–fiqh bo’yicha “Ar–Risola” kabi asarlari mavjud. Bu asarlar islom olamida mashhur va shofe’iy mazhabi va ulamolarining eng zarur asosiy manbasi hisoblanadi.
Shofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud bo’lgan «istehson»ni rad qiladilar. Ayni damda, bu mazhabda “Masolihul Mursala” va madinaliklarning amali ham dalil sifatida qabul qilinmaydi.
Uchinchi–to’rtinchi hijriy asrlarda Markaziy Osiyoda Shofe’iy mazhabi Hanafiy mazhabi bilan raqobat qilardi. Uning yirik vakili toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al–Qaffol ash–Shoshiy (291–365 h.y) edi. U kishi fiqh, hadis, lug’at va adabiyot bo’yicha o’z davrlarining mashxur olimlaridan edilar. Usulul fiqh bo’yicha ularning asarlari mashhurdir. Toshkentda vafot etib, qabrlari Hastimom (Hazrati Imom) madrasasi yonida joylashgan.
Hanbaliy mazhabi asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbalning onasi O’rta Osiyoning Marv shahridan va otasi Saraxsdan bo’lib, hijriy 164 (780 m) yil Bag’dod shahrida tug’ilgan va hijriy 241 (855 m) yil Bag’dod shahrida hayotdan ko’z yumgan.
Ahli sunna va jamoaning fiqhiy mazhabboshilaridan to’rtinchisi Ahmad ibn Hanbaldir.
Imom Ahmad Abu Hanifaning bosh shogirdlaridan bo’lgan Abu Yusufdan dars olgan. Keyinchalik, Bag’dodda katta muhaddis Hushayt ibn Bashir al–Vositiyda to’rt yil muntazam o’qib, u kishidan uch mingta hadis yozib olgan. Ilm talabida Yaman, Kufa, Basra, Madina, Makka va boshqa joylarga safar qilgan. Makkai Mukarramada imom Shofe’iydan dars olgan.
Ahmad ibn Hanbal hadis ilmida juda ham ilgari ketgan alloma bo’lgan. Ko’pchilik ulamolar u kishining hadisdagi “Musnad” kitobini eng mo’’tabar oltita hadis kitobi jumlasiga kiritadilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal mazhabida Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Keyingi o’rinlarda ijmo’ va sahobalarning gaplari o’rin oladi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi.
Fiqhiy mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi to’rttala mazhab ham teng hisoblanadi, yirik musulmon universitetlarida to’rt mazhab bo’yicha alohida dars o’qitiladi. Mazhablar umuman an’anaviy diniy hukuq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida engilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir–biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida hanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va h.k.), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofe’iylik (Misr, Indoneziya va h.k.), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) mazhablari, shuningdek, shialik tarqalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va h.k.)ning huquqiy hayotida ja’fariylik mazhabi o’z mavqeini ma’lum darajada saqlab kelmoqda. O’rta Osiyoda, xususan, O’zbekistonda hanafiylik mazhabi keng yoyilgan.
Keyingi davrda paydo bo’lgan «vahhobiylik», «hizbut tahrir» kabi yo’nalishlarni fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo’lmaydi. Chunki ular shar’iy masalalarda o’z mustaqil echimlarini bergan tizimga ega emas. Ularga diniy–siyosiy harakat va noqonuniy siyosiy partiyalar sifatida qarash mumkin.
VIII–IX asrlarga kelib Islom dini doirasida aqidaviy ixtiloflar ham yuzaga keldi. Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va do’zax, gunoh va savob kabi mavzular aqidaviy masalalar sirasiga kiradi. Zikr etilgan unsurlarni o’rganuvchi fan yana kalom ilmi deb ham ataladi. Qur’onda ham hadislarda ham bu borada tortishish, o’zicha hukm chiqarish qoralangandir. Shu sababli ham avval boshida ulamolar kalom ilmi bilan shug’ullanishni qattiq qoralaganlar.
“Mo‘’tazila”, “jabariyya”, “qadariyya”, “mushabbiha” kabi bir qator adashgan oqimlar yuzaga kelgach oddiy musulmonlarga sof aqidani tushuntirib berish ehtiyoji tug’igan edi. Shundan so’ng kalom ilmi bilan shug’ullanishga ruxsat beriladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin