Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə75/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Nazorat savollari:


  1. Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g‘oyalari.


  2. Islom dinida vatanparvarlik g‘oyalarining targ‘iboti.


  3. Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, ayolning maqomi.


  4. Islomda axloqiy qadriyatlar.


  5. Islomda do‘stlik va o‘zaro yordam.



15-mavzu. Hozirgi zamon va din
Reja:
  1. XX–XXI asrlarda din va madaniyat.


  2. XX–XXI asrlarda dunyoning konfessional manzarasi.


  3. XX–XXI asrlarda diniy an’ana va marosimlar


  4. Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili. Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati.




Tayanch so‘zlar
Din, Madaniyat, konfessiya, sekta, Odat, an’ana, marosim, Kibermakon, Kibernetika, Informatsiya, axborot.


XX–XXI asrlarda din va madaniyat Madaniyat inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Madaniyat insoniyatga bir-biriga yaxshi muomala qilish, o‘zgalarni hurmat qilish, yer yuzida tinch-totuv yashashni o‘rgatadi. Din e’tiqod qiluvchilarning ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa dunyo xalqlarining madaniyati, adabiyoti, san’ati kabi sohalariga kirib borishida ko‘rinadi. Dinning madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi shunda ko‘rinadiki, oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari – yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozir ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniyat qadriyatlarini saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
2005-yildan boshlab Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) qarashli Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) har yili tashkilotga a’zo Osiyo, Afrika va arab mamlakatlari shaharlarini «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qiladi. ISESCOning musulmon dunyosidagi muayyan shaharlarni islom madaniyatining poytaxtlari deb e’lon qilishi musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid ilmiy-ma’rifiy, tarixiy-me’moriy merosni o‘rganish, tiklash va targ‘ib qilish, dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, turli mamlakatlarning bu boradagi sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadlarini ko‘zlaydi. ISESCO tomonidan shaharlarni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilishda:
• qadimiy islom yodgorliklari va me’moriy obidalar;
• islom madaniyatiga hissa qo‘shadigan ilmiy, madaniy asarlar;
ilmiy tadqiqot markazlari, qo‘lyozmalar markazlari va arxeologik markazlari;
• madaniy muassasalar o‘tkazgan festivallar, madaniy tabdirlar, kitoblar, rasmlar, tajriba ishlari va nashr ishlari;
• shahar tarixi haqida yuqoridagi talablar asosida ma’lumotlarning mavjudligiga asoslanadi.
ISESCO tomonidan 2005-yilda Makkayi Mukarrama islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan bo‘lsa, 2018-yilgacha 43 davlat Islom madaniyati poytaxti maqomini oldi. Bular ichida Isfahon (Eron), Halab (Suriya), Timbuktu (Mali), Toshkent (O‘zbekiston), Tripoli (Liviya), Fes (Marokash), Dakar, (Senegal), Almati (Qozog‘iston), Dushanba (Tojikiston), Bishkek (Qirg‘iziston), G‘azna (Afg‘oniston) kabi shaharlar ham bor.
Toshkent qadimdan ilm-fan, madaniyat markazi bo‘lib kelgan. Ushbu shaharda o‘rta asrlarda turli fan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan ortiq olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, Hazrati Imom deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904–976), ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda Faxrul islom, Al-Imom al-Kabir nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038–1114) nomlarini alohida qayd etish mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin