Ijtimoiy gumanitar fanlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə72/96
tarix03.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#172218
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96
Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org

Hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanifa kunyasi bilan mashhur an–Nu’mon ibn Sobit al–Kufiy (699–767)dir. U kishi o’zlarining aql zakovati bilan ajralib turgan bo’lib, ustozlarining alohida e’tiboriga noil bo’lgan. Ustozlari Abu Ismoil Hammod ibn Abi Sulaymon (vaf. 738) vafotidan so’ng uning o’rniga dars bera boshlaganlar. Abu Hanifa Abbosiylar davrida o’z mazhablariga asos soladilar. Bunda turli sohalarda mutaxassis bo’lgan shogirdlari yordam bergan. Shu sababli ham hanafiy mazhabi jamoaviy mazhab sifatida baholanadi.
Movarounnahrga hanafiy mazhabi Muhammad ibn al–Hasanning buxorolik shogirdi Abu Hafs al–Kabir al–Buxoriy olib kelgan. Keyinchalik Abu Sulaymon al–Jo’zjoniy Xurosonda hanafiy mazhabini tarqatgach, uning shogirdi Abu Bakr al–Jo’zjoniy Samarqandga kelib joylashadi va bu erda “Dor al–Jo’zjoniya” nomli ilm markazini tashkil etadi. Buxoro olimlari asosiy e’tiborni fiqhga qaratishgan bo’lsa, Samarqand olimlari aqoid va kalom ilmiga moyil bo’lishadi.
Hanafiy mazhabi “nass”lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson printsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf–odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi.
Molikiy mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al–Asbahiy 711 yilda tavallud topganlar. Imom Molik onasi ta’siri ostida yoshlik davridanoq ilmga qattiq berilgan.
Imom Molik mazhabining asosi u kishi yaratgan “Muvatto” asarida o’z ifodasini topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba Sunnati nabaviyadir. Ba’zi olimlar, imom Molik fiqhining uchinchi manbasi sahobalarning gapi bo’lgan, degan fikrlarni ham berishadi. Chunki, u kishi Muhammad (a.s.) yashagan shaharda bir umr yashaganlar. Payg’abar tarbiya qilgan insonlarni tarbiyasini topgan. Shuning uchun, Molikiyya mazhabida shar’iy masalalarda madina hayoti va odatlari ko’p narsalarda ayniqsa Hanafiylarning fikriy qarashlaridan ham ustun turgan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin