Ijtimoiy himoya tizimi nima va u qanday ishlaydi. Beverdj modeli



Yüklə 30,42 Kb.
tarix15.12.2022
ölçüsü30,42 Kb.
#74947
Aholini ijtimoiy himoya qilish


Reja :
1 Ijtimoiy himoya tizimi nima va u qanday ishlaydi.
2 Beverdj modeli
3 O’zbekistonda ijtimoiy himoya

Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼnoda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan iborat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.

Rivojlangan demokratik jamiyatda I.h. vazifalarini bajarishni davlat oʻz zimmasiga oladi. "I.h." tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQShning "Ijtimoiy xavfsizlik boʻyicha qonun" ida qoʻllanilgan, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarida bu tushuncha mazmuni mukammallashtirilgan. AQSH, Kanada, Shveysariya kabi mamlakatlarda I.h. ning koʻpgina muammolari hal etilgan, lekin yechimini topmagan muammolari ham juda koʻp. Shunga qaramay, bu mamlakatlar tajribalaridan foydalanish ahamiyatlidir.

Turli mamlakatlarda aholini I.h. tizimi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, demokratik taraqqiyot va uning aholi manfaatiga muvofikligi, ijtimoiy siyosat darajasi, ijtimoiy taʼminot tizimi kabi omillarga bogʻliq holda amal qiladi.


Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat. Ijtimoiy himoya tizimining tarixiy evolyutsiyasiga nazar tashlasak u dastlab diniy jamoat muassasalari, masjid, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan. Uning ilk ko`rinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo bo`lishi bilan izohlanadi. Keyingi bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya tizimining asoslari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik jahon tajribasi asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ular quyidagilardan iborat: Sotsial demokratik model — Bunda ijtimoiy himoyaning barcha masuliyatini davlat o`z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model — unga ko`ra ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar. Bunga AQSH yaqqol misoldir. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin.
Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud:
1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan.
2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin.
Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz:
− Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish; − Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish;
− Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish;
− Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug`urta. XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi kompleks ravishda olib boriladi. Bu jarayonda xususiy sug`urta kompaniyalari faol ishtirok etadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning madaniyat va an`analar bilan bog`liq shakli ham uchraydi. Ya`ni qarindoshlar, qo`shnilar, oila a`zolari, hayriya tashkilotlari diniy tashkilotlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanadi va ular ijtimoiy himoyada muhim rol o`ynaydi. Ko`pincha ular mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning eng muhim mexanizmi ekanligi bilan xarakterlanadi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Afrika va Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin kabi mamlakatlar ijtimoiy himoyaga YaIMning 1 yoki 2 %ini, Tunis, Janubiy Afrika, Xitoy, Janubiy Koreya, Mavritaniya, Seyshill orollari va Lotin Amerikasining ba`zi mamlakatlarida YaImning 5–20 %ini ajratadilar. Osiyo inqirozi davrida rivojlanayotgan mamlakatlar 2 xil yo`l bilan ijtimoiy himoyani amalga oshirdi. Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ijtimoiy himoyaga xarajatlarni kamaytirib asosiy yukni oilaga tashladi, Janubiy Koreya, Taivan, Tailand kabi davlatlar esa aksincha ijtimoiy himoya tizimini qo`llab-quvvatlashni kengaytirdi. Umuman olganda Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy himoya modeli g`arbnikidan bir muncha farq qiladi. Ya`ni: − Aholi ijtimoiy farovonligini ta`minlashda davlatning roli juda chegaralangan, oila, mahalliy boshqaruv organlarining roli esa muhim; − Davlat ijtimoiy himoyaga xarajatlari juda past (YaIMning 7 %, YIda esa YaIMning 34 %ini tashkil etadi) − Ijtimoiy sohaga xarajatlar tarkibi ham g`arbnikidan mutloq farq qilib, ta`limga ko`proq e`tibor beriladi. Ijtimoiy himoyaning g`arb modeli ushbu sohaga davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyalarga, yolg`iz yashaydiganlarga nafaqa, sog`liqni saqlashga ko`p mablag` ajratiladi. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada bunday xarajatlar yuqori darajada. Davlat ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining barcha qatlamini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda esa ijtimoiy himoyaning nomarkazlashgan ko`rinishi amal qiladi. Ya`ni ijtimoiy himoya davlat siyosati emas, u turli kompaniyalar va nohukumat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan shtat va federal qonunchilik doirasida olib boriladi. Davlat ijtimoiy ta`minot tizimi AQShda 2 ga bo`linadi: ijtimoiy sug`urta va davlat yordami. Amerikada ijtimoiy sug`urtaning turli ko`rinishlari mavjud. Xususan, qarilik nafaqasi, ishsizlikda yordam puli, boquvchisini yo`qotganda nafaqa, ishga layoqatsiz bo`lganda, ish joyida jarohat olganda, 65 va undan yuqori yoshlilarga tibbiy xizmatlar uchun yordam kabilar shular jumlasidandir. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy himoya uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, o`zgarib kelmoqda. Globalizatsiya sharoitida ijtimoiy himoyaning roli yanada aktuallashadi. Chunki tezkor globalizatsiya, integratsiya jarayonida ijtimoiy muammolar chuqurlashib bormoqda. Bu esa o`z navbatida jamiyat infrastrukturasini o`zgarishiga olib kelishi va bu katta mablag`ni talab qilishi mumkin. Demak, bunday vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Tendensiyalarga nazar tashlasak, bugungi kunda dunyo mamlakatlari ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning aralashuvini minimallashtirib, nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalarining rolini kuchaytirib bormoqda. Shuningdek, ijtimoiy sohada xizmat turlari diversifikatsiyalashib, uning tarkibi ham bir muncha o`zgarib bormoqda. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin: − Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Paradoks shundaki, tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar. − Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi .

Beveridge modeli - bu sog'liqni saqlash tizimi bo'lib, unda hukumat o'z fuqarolariga daromad solig'i to'lovlari orqali sog'liqni saqlashni ta'minlaydi.Bu model birinchi marta 1948 yilda Buyuk Britaniyada Uilyam Beverij tomonidan yaratilgan. Ushbu tizimga ko'ra, aksariyat shifoxonalar va klinikalar hukumatga tegishli; ba'zi shifokorlar va sog'liqni saqlash sohasi mutaxassislari davlat xizmatchilaridir, lekin ularning to'lovlarini hukumatdan oladigan xususiy muassasalar ham mavjud. Hukumat ushbu sog'liqni saqlash tizimida yagona to'lovchi sifatida sog'liqni saqlash bozoridagi raqobatni bartaraf qiladi va xarajatlarni past darajada ushlab turishga yordam beradi. Sog'liqni saqlashning asosiy mablag'i sifatida daromad solig'idan foydalanish xizmat ko'rsatish nuqtasida xizmatlarning bepul bo'lishiga imkon beradi va bemorlarning soliqlarga qo'shgan hissasi ularning sog'lig'ini saqlash xarajatlarini qoplaydi.

Beverij modeli salomatlikni inson huquqi sifatida ta'kidlaydi. Shunday qilib, universal qamrov hukumat tomonidan ta'minlanadi va fuqaro bo'lgan har bir kishi qamrov va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega.

Beveridge modeli o'ziga xos siyosatlarga ega, ammo ko'pchilik mamlakatlar ushbu modelning o'zgarishlarini sog'liqni saqlashning boshqa yondashuvlari bilan birgalikda qo'llaydi. Beveridge modelining ba'zi o'zgarishlarida ishlaydigan mamlakatlar asosan universal sog'liqni saqlash tizimidan foydalanadilar. Umumjahon sog'liqni saqlash tizimi mamlakatdagi barcha aholining tibbiy xizmatdan foydalanish kafolatini ta'minlaydi. Hozirda Beverij modeli siyosatini amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya, Shvetsiya,Norvegiya, Yangi Zelandiya va boshqalar kiradi.

Buyuk Britaniyaning Milliy sog'liqni saqlash xizmatini yaratgan jasur ijtimoiy islohotchi Uilyam Beverij nomi bilan atalgan. Ushbu tizimda sog'liqni saqlash xizmati politsiya yoki jamoat kutubxonasi kabi soliq to'lovlari orqali hukumat tomonidan taqdim etiladi va moliyalashtiriladi.

Ko'pgina shifoxonalar va klinikalar hukumatga tegishli, ammo hammasi emas; ba'zi shifokorlar davlat xizmatchilari, lekin davlatdan o'z to'lovlarini oladigan xususiy shifokorlar ham bor. Britaniyada siz hech qachon shifokor hisobini olmaysiz. Bu tizimlar odatda aholi jon boshiga kam xarajatlarga ega, chunki hukumat yagona to'lovchi sifatida shifokorlar nima qila olishi va ular nima to'lashi mumkinligini nazorat qiladi.

Beverij rejasi yoki uning o'zgarishlaridan foydalanadigan mamlakatlarga uning tug'ilgan joyi Buyuk Britaniya, Ispaniya, Skandinaviyaning ko'p qismi va Yangi Zelandiya kiradi. Gonkong hanuzgacha o'zining Beverij uslubidagi sog'liqni saqlash xizmatiga ega, chunki 1997 yilda xitoyliklar Britaniyaning sobiq mustamlakasini egallab olishganda, aholi undan voz kechishdan bosh tortgan. Bu, ehtimol, jami hukumat nazoratining dunyodagi eng sof namunasidir.

Oʻzbekistonda Id. tizimi 20-asrning 20-y.laridan boshlab shakllana boshladi. 90-y.larga kelib, bozor iqtiso-diyotiga oʻtish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, oʻzlikni anglash, eʼtiqod va anʼanalarning tiklanishi I.h. tizimiga muhim yangilik boʻlib qoʻshildi.

Oʻzbekistonda aholini I.h. qilish iqtisodiy islohotlar dasturidagi uz-luksiz ustuvor yoʻnalishlardan biriga, yaʼni islohotlarning hamma bosqichlarida ustuvor hisoblanadigan va-zifalar qatoriga kiradi. Mamlakatda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti barpo qilishda davlat tomonidan kuchli I.H- siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat Oʻzbekistonning oʻz istikdol va taraqqiyot yoʻlining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Respublikada I. h.ning huquqiy muhiti yaratildi, unga qonuniy asos solindi. I.h. tamoyillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlanib, qabul qilingan qonunlarda oʻz aksini topdi. Mamlakatda daromad olishning kafolatlanishi amalga oshirildi. Keng miqyosda yangi ish joylari yaratilishi aholini ish bilan taʼminlash ishsizlik muammosini hal qilmoqda (mamlakatda ishsizlikning statistik koʻrsatkichi — 0,5—0,6%). Bunda, ayniqsa, kichik va oʻrta biznespi rivojlantirish, kasanachilik qoʻl kelmoqda. Tovarlar sifati, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida amalga oshirilayotgan tadbir-choralar isteʼmolchilar himoyasini shakllantirib, aholi manfaatlarini taʼminlamoqda. Inflyasiyaning oldini olish, soʻmning harid kuchini saqlash, biznes-tijorat ustidan davlatning maromiy nazoratini oʻrnatish, marketing , savdo, reklama kabilarni tartiblashtirish I.h. ni rivojlantirmoqda. Ekologiya bilan bogʻliq bir qancha katta himoyalash ishlari amalga oshirilib, suv, havo, yer va mahsulot tozaligiga erishilmoqda.

Oʻqish, bilim olish, kasb tanlash Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlashning milliy dasturi asosida tubdan yangilanmoqda. Taʼlimga ajratilgan mablagʻlar keyingi 7 yil (1995—2002-yillar) ichida yiliga yalpi ichki mahsulotning 7,1—7,76% ini, ajratilgan mablagʻ byudjet hara-jatlarining 21,77—24,12 %ini tashkil etdi. Bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Tibbiyotda oʻtkazilayotgan islohotlar natijasida aholiga sogʻliqni sakdash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar samaradorligini koʻtarish choralari amalga oshirildi. Inflyasiyata qarshi choralar ham I.h. da muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda uning oʻrnini toʻla qoplash mumkin boʻlmasa ham zarar kuchini pasaytirish maqsadida ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirilmoqda (1998-yilda - 50%, 2000-yilda - 60% va 2002-yilda - 30%).

Bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi I.h. qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy oʻrinda turadi. 1999-yilda ushbu tizim orqali kam taʼminlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mln. dan optik, kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashil qiladi. Bu sohada I.h., asosan, kam taʼminlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining baʼzi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolgʻiz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va b. asosida amalga oshiriladi.

Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994-yil 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi.

Bulardan tashqari Oʻzbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning oʻzaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi.



Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998-yil "Oila yili", 1999-yil "Ayollar yili", 2000-yil "Sogʻlom avlod yili", 2001-yil "Bolalar yili", 2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995-yilda byudjet harajatlarining 21,8%, 2000-yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999-yildan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999-yil) tashkil etdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
Yüklə 30,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin