Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi


Kurs ishning asosiy maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə5/17
tarix17.02.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#52686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Agrar ishlab chiqarish. Renta munosabatlari.. TAYYOR1 (2)

Kurs ishning asosiy maqsadi va vazifalari Qishloq xoʻjaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xoʻjalik yuritish usullari yuzasidan paydo boʻlgan va har bir davrda oʻz yechimini talab qiluvchi masala. Agrar masala qishloqdagi agrar munosabatlar taraqqiyotga toʻsqinlik qilgan kezlarda paydo boʻladi, uni hal etish taraqqiyot omili hisoblanadi. Yer eng noyob va beta-kror iqtisodiy resurs, uni yangidan yaratib boʻlmaydi, uni saqlab, undan avaylab foydalanish asosida samarali xoʻjalik yuritish mumkin. Yerga mulkchilik shakli undan yaxshi foydalanishga imkon ber-may qoʻyadi, xoʻjalik yuritish usullari eskirib qoladi, ularni yangilash zarurati Agrar masalani yuzaga chiqaradi, chunki yerda mehnat qiluvchilar yer mulkidan mahrum boʻladilar, yer unda ishlovchilardan aj-ralib qoladi, xoʻjalik yuritmay yerni ijaraga beruvchi zamindorlar yerning holatiga befarq qaraydilar, yer oʻz egasini topmay qoladi. Yer egasiz boʻlganidan tuproq hosildorligi va qishloq xoʻjaligi unumdorligi pasayadi – qishloq xoʻjaligida inqiroz yuz beradi. Uni bu holatdan chiqarish uchun Agrar masalani yechish kerak boʻladi. Agrar masala agrar islohotlar asosida hal etiladi.

O’zbekiston bugungi kunda o’zining g’allaga bo’lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarkibidagi qo’shni mamlakatlarga, Afg’oniston, Eron va boshqa davlatlarga g’alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda ”Mustaqillik yillarida o’tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi xo’jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa xo’jaliklari o’rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozorning ob’ektiv qonunlaridan biri bo’lgan raqobatchilik muhitini tashkil etish uchun qishloq xo’jaligida teng huquqlarga ega bo’lgan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga. Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.1 O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin