Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko


 O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

2.2. O’zbekistonda mavjud sayohat turlari va turistlarning sayohat 
maqsadlari 
 
O’zbekistonga kelayotgan turistlarning 85% 55 yosh va undan keksa ekanligi 
Markaziy Osiyoda bizning mamlakat katta yoshdagi turistlar uchun hammabop 
bo’lib bormoqda. Pensionerlar uchun mamlakatimizning ommabopligi sabablaridan 
biri Samaqand va Buxorodagi osoyishtalik atmosferasidir va bu shaharlarga barcha 
tur oqimlarning 90% to’g‟ri keladi. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda mavjud sayohat turlari foizlardagi ko’rsatgichi 
quyidagi diagrammada ifodalangan. 


36 
Manba: “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, sentabr, 2011y. 
O’zbekiston Turizm Vazirligi tomonidan taqdim qilingan statistik 
ma‟lumotlarga qaraganda, 85% keksa yoshdagi turistlar odatda mamlakat bo’ylab 
ekskursiya qilishga qiziqadilar. 2008 yilda o’tkazilgan Internet Statistika so’rovlar 
natijasiga qaraganda esa sayyohlarning -39% i mamlakatimizga tarixiy-madaniy
arxitektura yodgorliklarini ko’rish maqsadida tashrif buyuradilar. Qolgan -24% i 
yurtimizni madaniyati, urf-odatlari hayot tarzi bilan tanishish istaklari bilan 
keladilar. Ular O’zbekistonga eng yaxshi ob-havo sharoiti bo’lgan mavsumda
ya‟ni aprel va may, sentabr-oktabr oylarda keladilar. 
O`zbеkistonda ziyorat turizmi rivojlangan turlardan biri hisoblanadi. Masalan, 
ba'zilar Toshkеnt shahrida saqlanayotgan "Usmon Qur'oni"ni ko`rish uchun tashrif 
buyurishsa (bu kitob O`zbеkiston musulmonlari diniy idorasi kutubxonasidagi 
maxsus vakumli sеyfda saqlanishi tufayli va uning nеchog`li tarixiy ahamiyati katta 
ekanligini inobatga olib hammaga ham ko`rsatish imkoniyati yo`q. Asosan, 
musulmon mamlakatlaridan kеlgan davlat arboblari va mutaxassislar uchungina 
namoyish etiladi), boshqalar imom Buxoriy, imom Termiziy, payg`ambarimiz 
Muhammad alayhissalomning amakivachchalari 
25 
20 
15 
10 


37 
Qusam ibn Abbosning qabrini ziyorat qilish uchun yurtimizga kеlishadi. O`z 
fuqarolarimiz ham bunday joylarga ziyoratlarini uyushtiradilar. 
Shuningdеk, Bahovuddin Naqshband, Abu Mansur Moturudiy, Zangi ota, Anbar 
otin, Go`ri Amir kabi yuzlab ziyoratgohlar ham borki, bular rеspublikamizda diniy 
turizmning asosiy rеsurslar vazifasini o`taydilar. Shu o`rinda bir fikrni aytib o`tishni 
joiz, dеb bilardim. Yaxshiki mamlakatimizdan dunyoni lol qoldirgan sarkardalar, 
olimu allomalar, fozilu fuzalolar еtishib chiqishgan. Ularning o`zlaridan qoldirib 
kеtgan madaniy meroslari tufayli davlatimiz dunyo tarixida o`chmas iz qoldirdi. Ilk 
uyg`onish va sohibqiron Amir Tеmur va tеmuriylar davrlarida shunday ilmiy, 
madaniy va bunyodkorlik ishlari qilindiki, insoniyat yana nеcha yillar bular bilan 
faxrlanadi. Shular tufayli mana oradan nеchе yuz, xatto ming yillar o`tsa hamki, agar 
ta'bir joiz bo`lsa, davlatimiz obro`si ortib, iqtisodiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo`lib 
qo`shilmoqda (hatto, bulardan xorijiy kompaniyalar ham manfaatdorlikda). Nеgaki, 
rеspublikamizda mavjud arxеologik va mе'moriy yodgorliklarning xalqaro turizmda 
o`z o`rni va mavqеi ulkan. 
Mamlakatimizda xaj va umra ziyorati masalalari bilan Musulmonlarning diniy 
idorasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar qo`mitasi shug`ullanadi. 
Har yili 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz xaj ziyoratiga borib kеlmoqdalar. Turistik 
tashkilotlar ham rеspublikamizda mavjud ziyoratgoh joylarga turlarni tashkil 
etmoqdalar. 
“O’zbekturizm” milliy kompaniyasidan ma‟lum qilishlaricha, 2011 yilning 
birinchi yarmida 1.3 million sayyohni jalb qilish hisobiga 226 million AQSh dollari 
ishlab olindi. O’zbekiston xalqining me‟moriy va tarixiy obidalari, ko’hna 
madaniyati, an‟ana va urf-odatlari ko’plab sayyohlar e‟tiborini tortayotgani sir 
emas. Ekspertlar O’zbekiston turizm xizmatlari va maskanlarini rang- 
baranglashtirish yo’li bilan yuqorida keltirilgan raqamlarni ikki barobar 
ko’paytirishi mumkin degan fikrda. O’zbekistonning ba‟zi mintaqalarida iqlim va 
tabiiy muhit salomatlik va ekologik turizmni rivojlantirish uchun juda qulay 
joylardir. 


38 
Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasida 865 sayyohlik tashkiloti – 
506 sayyohlik operatori faoliyat yuritmoqda. Tadqiqot natijalari shuni 
ko’rsatmoqdaki, O’zbekistonga tashrif buyurgan turistlar asosan “paketli” tizim 
bilan keladilar. Yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan yirik turfirmalar ham shu 
tizimda faoliyat olib boradilar va asosan madaniy, arxelogik, tarixiy obidalarimizni 
turistlarga taqdim etadilar. O’zbekistonda yirik turfirmalardan biri “Sogda” va 
“Orient voyage” quyidagi paketlarni taklif qiladilar. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin