41
ekoturizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan,
Prezidentimizning 2006 yil 17 – aprelda “O’zbekiston Respublikasi 2006 – 2010
yillarda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora – tadbirlari
to’g‟risida”gi 325 sonli qarori chiqdi. Bu bo’yicha Respublikamizda
ayrim ishlar
boshlangan. Masalan, hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari
«Ekosan» xalqaro jamg‟armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab
chiqilmoqda. Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog‟i va Nurota qo’riqxonalariga
uyushtirilgan. Undan tashqari ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi “O’zbekiston Respublikasida
ekologik turizmni
rivojlantirish Konsepsiyasi va uning yaqin kelajakdagi istiqbollari”ni ishlab chiqdi.
O’zbekiston tabiati rang – barang bo’lib, yilning issiq vaqtlaridan tashqari, qish
va kuz fasllarida ham dam olishni tashkil etishni imkoniyati mavjud. Misol uchun
tog‟li hududlarda qishki sport – dam olishni amalga oshirish mumkin. Toshkent
viloyatida joylashgan Chimyon sport – dam olish majmuasi katta imkoniyatlarga
ega.
Xuddi shunday majmualarni Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari tog‟li
mintaqalarida ham tashkil etish mumkin. Sog‟likni tiklash manbasi hisoblangan
mineral suv va balchiqlar soni mamlakatimizda 200 dan ortadi. Bu yer
osti suvlari
kimyoviy tarkibi, tibbiy – biologik va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir – biridan
farq qiladi. Shuning uchun bu joylarda turli shifoxonalar, sanatoriy – kurortlar va
boshqa sog‟lomlashtirish muassasalar qurish mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo,
Zarafshon, Sangzor, Ohangaron va boshqa bir qancha
daryolarga oqib tushuvchi
tog‟ soyliklari rekreasiya resurslariga boy bo’lib, bu mintaqalarda dam olish
oromgohlarini tashkil etish ko’paysa, birinchidan, aholini salomatligi yaxshilanadi,
ikkinchidan, shu joy aholisi ish bilan ta‟minlanib, iqtisodiy daromad oshadi.
Dostları ilə paylaş: