Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko


Tabiat tarixini o’rganish turlari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

2. Tabiat tarixini o’rganish turlari. Bu atrof muhitni va mahalliy 
madaniyatni o’rganish uchun qilingan sayyohatdir. Ular ko’pincha qo’riqxonalar 
va milliy bog‟larda takshil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenamentlari bor 
joylarda ham tashkil qilinishi mumkin. Bunga maktab o’quvchilarining poxodlari 
ham kirib, unda o’qituvchi o’quvchilarga o’tilgan joylarning tabiati tarixi 
to’g‟risida hikoya qilib beradi. 
3. Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm barcha aktiv harakatli turlarini o’zida 
jamlangan sayohatlarni o’z ichiga oladi, hamda tabiatda dam olish turlari ham 
bunga kirib ulardan maqsad yangi xissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan 
kechirish, turistlarni jismoniy formasini yaxshilash va yangi sport muvoffaqitlarga 
erishishidir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog‟ va piyoda yurish 
turizmi, suv, chang‟i va tog‟- chang‟i turizmi, otda yurish turizmi kiradi. 
4. Alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarga sayohat (AMETHS) etish
ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekoturizm o’ziga xos xususiyatlarga ega: 
- mahalliy aholining o’z hududlarining ijtimoiy – iqtisodiy; 
- rivojida ishtirok etishi; 
- turizm obyektlari ichida tabiiylikni ko’pligi; 
- turistlarni ekologiyadan bilimli bo’lishi va boshqa. 
Hozirgi kunda jahon tajribasida agroturizm turi keng rivojlanmoqda. 
Agroturizmni ma‟lum bir mintaqaning o’ziga xos dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarini yetishtirish jarayonini ko’rsatish maqsadida tashkil etilishi mumkin. 
Bu tajriba Yevropaning bir qancha davlatlarida rivojlangan. Masalan, Fransiya va 
Portugaliya mamlakatlarida uzumni yetishtirishdan boshlab, undan turli ichimliklar 
olishgacha bo’lgan bir butun jarayon tur sifatida taklif etilgan. Agroturizmning 


30 
yo’nalishlardan biri qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, 
dunyo turizm xizmat bozorida alohida o’rin tutadi. 
Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki dala 
xovlidami juda ham maroqlidir. Bu xayot talabi bo’lib, doimo dala xovlilarini yoki 
boshqa joylarni ko’p yillar davomida sinalgan va tekshirilgan joylarda dam olish 
uchun ijaraga olinadi. Qishloq turizmining o’ziga xos tomonlari shundaki, masalan, 
Sitsiliyaning agrar viloyatlarida ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kambag’al 
turistlar yoki studentlarni ish haqi to’lamasdan, boshpana va ovqat uchun ishga 
yollashi mumkin. Bunday «dam oluvchi» usha yerga borib qaytishi uchun mablag’ 
topsa bo’lgani. Yo’l-yo’lakay bir-ikki kun plyajlarda cho’milishi, muzeylarni
yodgorliklarni va boshqalarni ko’rishi mumkin. 
Qishloqda dam olish - bu tabiat qo’ynida bo’lish, yillar davomida shahar 
sharoitida yig’ilib qolgan charchoqlarni chiqarish, toza havo, ekologik toza bo’lgan 
oziq-ovqatlar, iqlim sharoitlarini o’zgartirish, aholi sonining kamligi, boshqa tartib-
qoida va yashash madaniyati, qishloq xo’jalik ishlarida ishtirok etish, bog’dorchilik,
chorvachilik, tabiat bergan in‟omlarni to’plash va qolaversa, dam olishning 
arzonligidan iborat. 
Shahar aholisining yozgi issiq kunlardagi va qishki qorli kunlardagi xordiq 
olishlarini to’g’ri tashkil etish imkoniyati mavjudligini e‟tiborga olib, qishloq 
turizmini respublikamiz hududida quyidagi tarzda tashkil etish tavsiya etiladi: katta 
bo’lmagan uylarni, qishloqlardagi katta bo’lmagan xonalarni, kottejlarni, tabiat 
manzaralari chiroyli bo’lgan joylarni ijaraga olish yo’li bilan. 
Turistlar qishloqdagi fermerning uyida oilasini joylashtirishi maqsadga 
muvofiqdir, bu - turistlarni qishloq hayoti va u yerdagi yangi insonlar bilan yaqindan 
tanishtirishga, ularning urf-odatlari va qishloq xo’jalik ishlari bilan kuchi yetgan 
darajada ishlashga imkon beradi. Shubhasiz, bu uy egalari uchun noqulayliklar 
yaratadi, lekin fermerlar uchun qo’shimcha pul va yangilik olib keladi. Bunda 
turistlar uchun maxsus bir yoki bir necha xona ajratilib, barcha zaruriy narsalar 
yetkazib beriladi. Bunday turizmdan davlat ham, fermerlar ham daromad ko’radi. 
Shu jihatdan qishloq turizmini qulay va kamharajat turizm turi 


31 
deyish mumkin. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin