Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet iqtisodiyot va servis kafedrasi mijozlarga xizmat ko



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix13.06.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#129515
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
2-bob o`zbekiston turistik salohiyati haqida

Diniy - ziyorat turizmi. Bular diniy maqsaddagi sayrlardan iborat bo`lib, 
uning ildizlari tarixga borib taqaladi. Bu kabi sayohatchilarning birinchilari o`rta asr 
ibodatchilaridir. Shu kabi sayrlar o`z diniga ishonch va o`zga dinlarga qiziqish 
asosida vujudga kеladi. Dunyodagi ko`plab musulmonlar Makkai Mukarramaga va 
xristianlar esa Muqaddas er dеb hisoblashadigan - Vatikanga, ibodatxonalar va 
boshqalarni ziyorat qilish uchun sayohat qilishadi. Ziyorat kasallikdan qochiy, 
baxtsizlik, gunoxlarini yuvish uchun ham amalga oshiriladi. Marko Polo (XIII asr) 
hozirgi Shrilanka hududida shu kabi ziyoratlarni ko`rganini aytadi. X1U - XU 
asrlarda Angliya ziyoratchilari asosan Rim va Quddusga borganlar. U vaqtlarda 
sayohatlar ancha qiyin kеchgan: 1388 - yildan boshlab qirol Richard II buyrug`i 


24 
bilan inglizlar ziyorat uchun maxsus ruhsatnoma olishlari kerak bo`lgan. 11 yildan 
so`ng Richard II ingliz ziyoratchilari sayohat qilishi mumkin bo`lgan joylardagi 
portlarni qisqartirdi, ba'zi joylargagina ruhsat berildi. Boshqa erdan kеlish uchun esa 
qirolning maxsus farmoni kerak edi. Ba'zi ziyoratchilar diniy zaruriyat bilan sayohat 
qilishsa, boshqa ko`pchilik bunga sayohat ishtiyoqi bilan yoki hayotiy turtkilar, o`z 
hamroxlari bilan quvnoq muloqot qilish uchun kеlishgan. Hozirda ham bir qancha 
qadamjolar bor. Ko`pchilik xristianlar Quddusga Iso Masih qabri ziyoratiga 
boradilar. Islomga e'tiqod qiluvchilar esa Makkai Mukarrammaga xaj va umra 
ziyoratiga boradilar. 
1.3. Sayohatga bo'lgan ehtiyojni tug'diruvchi omillar 
Sayohatga tayyorlanayotgan odamlarning motivlarini tushunish, sayohat 
tashkilotchilari, shu jumladan turfirmalar uchun muhim omil hisoblanadi. Masalan, 
biznes ishlari maqsadida sayohat qiluvchi ishbilarmonlarning servisga va 
mehmonxonalarga bo’lgan ehtiyoji dam olish va ko’ngil ochish maqsadida 
qiluvchi odamlarning talablari tubdan farq qiladi. 
Ayni paytda odamlar o’zlarining mamlakati bo’ylab va xorijga turli sabablarga 
ko’ra sayohat qiladilar. Biroq ustunlikka ega bo’lgan sabablar mavjud bo’lib ularni 
asosiy sabab sifatida ajratish mumkin va aynan ularni sayohat motivlari deb 
ataydilar. 
Sayohat qilish motivlari termini deganda, turistik maqsadida ma‟lum joylarga 
kelishga undaydigan va ularning xohishlarini qondiradigan psixologik va jismoniy 
talablari tushuniladi. 
Sayohat qilish motivlari 
Ma‟munlik hissi 
Niyat 
Maqsadga intilish 
Turistik sayohat 
Turist muomolasi 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin