Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
3. mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. mulk ob'ektlari va sub'ektlari mulkchilik munosabatlari – bu
mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o'zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
mulkning egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o'zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi
egalik qilish
– bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo'llanilishidir.
foydalanish
u mol-mulkni daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
o'zlashtirish
– bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir.
tasarruf etish mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob'ektlaridir.
mulk ob'ekti bo'lib, inson yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. mulk ob'ektida asosiy bo'g'in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. ishlab chiqarish vositalari kimniki bo'lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi.
mulk sub'ekti
jamiyatda ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo'lgan, mulk ob'ektini o'zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo'lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo'ladi. ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub'ekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
mulkchilik munosabatlari – bu
mulk ob'ektini o'zlashtirish bo'yicha mulk sub'ektlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
ob'ekt
sub'ekt
sub'ekt
mulkchilik huquqlari esa mulk sub'ektining mulk ob'ektiga nisbatan munosabatidir, ya'ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir: