bozor iqtisodiyoti tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi,
erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi
adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa,
hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
1.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga
xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlami tartiblashda hamda uyg‘unlashtirishda bozor
mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning
ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi,
har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida,
o‘zlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi.
Bozor tizimi
yordamida
alohida
qabul
qilingan
qarorlar
uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlaming) ishlab
chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir
mahsulot va resurslarning ko'plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor
va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlaiga
davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli
davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozoming
amal
qilinishi
engillashtiruvchi
ishonchli
huquqiy
tartiblar
o‘matishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |