Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/36
tarix12.03.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#53638
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
3-mavzu

Ikkinchidan,  mulkchilik  huquqlari  nazariyasi  asoschilari 

mulkchilik  munosabatlarini  resurslarning  cheklanganligi,  nis- 

batan  kamyobligi  muammosidan  keltirib  chiqaradilar:  «Qan- 

daydir  kamyoblik,  cheklanganlik  shart-sharoitisiz  mulkchilik 

to ‘g‘risida  so‘z  yuritish  m a’noga ega  emas».4

T o ‘g‘ri,  bunday  yondashuv  yuqorida  nomlari  tilga  olingan 

iqtisodchilarning  kashfiyotlari  hisoblanmaydi;  bu  yondashuv 

dastlab  1871  yilda  avstriyalik  iqtisodchi  K.Menger  tom onidan 

«Siyosiy  iqtisodning  qaror  topishi»  kitobida  asoslab  berilgan 

edi.  Mulkchilik,  deb  yozgan  edi  K.Menger,  ehtiyojlarga  nis- 

batan  miqdori  kam  boMgan  ne’matlarning  mavjudligi  sharo­

itida  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  mulkchilik  munosabatlari 

«ehtiyojlar  hamda  ularni  qondirish  imkoniyati  doirasidagi 

ne’matlar  miqdori  o ‘rtasidagi  nomuvofiqlik»5  muammosini  hal 

eta  oladigan  yagona  munosabat  hisoblanadi.

Bunday  nomuvofiqlik  shunga  olib  keladiki,  mulkchilik 

munosabatlarining  markaziy  holati  boMib  ularning  rad  etuvchi 

tavsifi  maydonga  tushadi.  Mulkchilik  munosabatlari  -   bu 

moddiy  va  nomoddiy  resurslarga  erishishni  rad  etish  tizimidir. 

Resurslarga  erishishda  rad  etish  holatining  mavjud  emasligi, 

ya’ni  ularga  erishishning  erkinligi,  bu  resurslar  hech  kimniki 

emasligi  yoki  barchaga  baravar  tegishli  ekanligini  anglatadi. 

Bunday  resurslar  mulkchilik  obyekti  bo ‘la  olmaydi.  Ulardan

3  P.  Xcync.  Ekonom ichcskiy  obraz  m ishleniya.  S.  325.

4  P.O .  T oum anoff.  T heory  o f m arket  failure  —  “ K uklos",  1984,  v.  37,  № 4.

5  K.  M enger.  O snovaniya  politicheskoy  ekonom ii.  Avstriyskaya  shkola  poli- 

ticheskoy  ck'onomii.  М.:  I992.  S.  79.

103


www.ziyouz.com kutubxonasi


foydalanish  bo'yicha  kishilar  o ‘rtasida  iqtisodiy,  bozor  mu- 

nosabatlari  paydo  boMmaydi.

Mulkchilik  huquqlari  nazariyasi  mualliflarining  nuqtai 

nazariga  ko‘ra,  resurslarga  erkin  erishishdan  boshqalarning  rad 

etilishi  resurslarga  bo‘lgan  mulkchilik  huquqlarini  tasniflashni 

anglatadi.

Tasniflashning  m a’no  va  maqsadi  mulkchilik  huquqini 

haqiqatan  ham  mulkni  yuqoriroq  baholovchi,  uning  qadriga 

etuvchi,  undan  nisbatan  ko'proq  foyda  oluvchi  kishilar  to- 

monidan  egallanishi  uchun  sharoit  yaratishdan  iborat.

«Agar  m a’lum  xatti-harakatlarni  sodir  etish  uchun  huqu- 

qlarni  sotish  va  sotib  olish  mumkin  boMganda  edi,  -  deb  yo- 

zadi  R.Kouz,  -  ularni  pirovardida  eng  yuqori  baholovchi  ki­

shilar  tom onidan  sotib  olingan  bo‘lar edi.  Bu jarayonda  huqu- 

qlar 

shunday 


tarzda 

sotib 


olingan, 

taqsimlangan 

va 

uyg‘unlashtirilgan  bo‘ladiki,  ular  asosida  yo‘lga  qo‘yilgan 



faoliyat  eng  yuqori  bpzor  qiymatiga  ega  boMgan  daromad 

keltiradi».6

Shunday qilib,  tasniflash,  ya’ni  mulkchilik  huquqlarini  aniq bel- 

gilashning  asosiy  vazifasi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  xulq-atvorini 

shunday o‘zgartirishdan  iboratki,  natijada  ular o‘ta  samarali  qarorlar 

qabul  qiladilar.  Chunki  mulk bo‘yicha  faoliyatning barcha  ijobiy va 

salbiy  natijalari  pirovardida  mulkdor  zimmasiga  borib  taqaladi. 

Shunga  ko‘ra,  u  mulk  yuzasidan  qarorlar. qabul  qilish  chog‘ida  bu 

natijalaming  to‘liq  hisobga  olinishidan  manfaatdordir.  Mulkchilik 

huquqlari  qanchalik  aniq  bo‘lsa,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning 

qaroridan  boshqa  birovlarga  tegishi  mumkin  bo‘lgan  foyda  yoki  zi- 

yonni  hisobga  olishga  rag‘bat  shu  qadar  kuchli  bo‘ladi.  Aynan 

shuning  uchun  mulkchilik  huquqlarini  ayirboshlash  jarayonida  u 

yoki  bu  ne’matlar  ularning  qadrini  eng  yuqori  tarzda  baholagan 

iqtisodiy  agentlaiga  beriladi.  Shu  orqali  resurslarning  samarali 

taqsimlanishiga  erishiladi,  chunki  ayirboshlash  jarayonida  resurslar 

nisbatan  unumsiz  foydalanishdan  unumli  foydalanishga,  kam  qadr- 

lovchi  shaxslandan  ko‘proq qadrlovchi shaxslaiga o ‘tadi.

6  R.  Kouz.  Firma,  rinok  i  pravo.  М.:  1993.  S.  14.

104


www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin