Birinchidan, ular o ‘z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik»
tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushun-
chasini qoMlaydilar. Ularning fikricha, resursning o'zi mulk
hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo‘yicha huquqlar
to ‘plami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to ‘liq «huquqlar to ‘plami» o ‘z ichiga quyi
dagi 11 ta huquqni oladi:
1.Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to ‘liq jismoniy
nazorat o ‘rnatish huquqi.
2. Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xos-
salarini o ‘zi uchun qoMlash huquqi.
3.Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim
va qay yo‘sinda ta ’minlashini hal etish huquqi,
4. Darom ad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish
orqali natija olish huquqi.
5.Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish,
iste’mol qilish, o ‘zgartirish yoki yo‘q qilish huquqi.
6.Xavfsizlikni
ta ’minlash
huquqi,
ya’ni
ne’matni
ekspropriasiya qilinishi hamda tashqi muhit tom onidan zarar
keltirilishidan himoyalash huquqi.
7 .N e’matni merosga berish huquqi.
8 .N e ’matga ega boMishning muddatsizligi huquqi.
9 .N e ’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar
orqali foydalanishni taqiqlash huquqi.
10. Qarz uchun toMov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni
qarzni uzishda ne’matdan to ‘lov sifatida foydalanish imkoni-
yatini qoMlash huquqi.
11. Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlami tiklan-
ishini ta’minlovchi tartib va muassasalaming amal qilishi huquqi.
Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan
bogMiq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taal-
luqli boMgan kishilar o ‘rtasidagi jamiyat tom onidan (davlat
qonunlari, m a’muriy farmoyishlar, a n ’analar, odatlar va h.k.)
ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu m unosabat
lar ne’matlar bo‘yicha xatti-harakatlar m e’yorini namoyon
etib, kishilar o ‘zaro xatti-harakatlarda bu m e’yorlarga amal
qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to ‘lashlari lozim.
Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jam iyatda qabul
qilingan m a’lum «o‘yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik hu
quqlari - bu m a’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish
hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash
huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki kishilarning
fikrlaricha, tegishli o ‘yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif
jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab
beradi»3.
Dostları ilə paylaş: |