4. Mulkchilikning turli shakllari va ulaming
iqtisodiy mazmuni
Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo‘Iishini
talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk obyekti bo‘lgandagina
oldi-sotdi qilinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ham:
«Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi»,
deb ta’kidlanadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o ‘z ichiga
davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish
va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini,
ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo'jaligi va shaxsiy tomorqa
xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog'liq
bo'lgan mehnatkashlaming shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy
munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy
mulklarni oladi.
Shu sababli, « 0 ‘zbekiston Respublikasining mulkchilik
to ‘g‘risida»gi qonunida turli-tum an mulklar quyidagi mulk
shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jam oa mulki, xususiy mulk,
shaxsiy mulk, aralash mulk.
Quyidagi 3-chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik
shakllarining tasniflanishi keltirilgan.
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo'lishi va ulaming
iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlam ing
rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan
bog'liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi
kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-
iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi
zarur.
105
www.ziyouz.com kutubxonasi
|