Mulkchilik
huquqlari
esa
mulk
subyektining
mulk
obyektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va
nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu
mulkni o'zlashtiruvchi yuqorida ko'rsatilgan subyektlar ham
turli darajada boMadi. Masalan, davlat mulkining bevosita
subyektlari respublika hokimiyati va boshqaruv organlari,
davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat
jamoalari a ’zolari boMishi mumkin.
Jam oa mulk subyektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jam oa
korxonalari, koperativlar, xo‘jalik jamiyati va shirkatlari,
aksionerlik jamiyatlari, xo'jalik birlashmalari (uyushmalari),
jam oat ham da diniy tashkilotlar boMishi mumkin.
Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning
mulki ham mavjud boMishi sababli, bu mulk subyektlari
sifatida
qo‘shma
korxonalar,
xorijiy
fuqarolar,
xorijiy
tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk subyektlari ko‘p darajali boMib, shu
subyektlardan birontasi o‘zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara
olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasrniy va yuzaki tus oladi.
Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk
bilan bogMiq huquqlarning bir-biridan to ‘g‘ri va aniq ajratilishi
hamda ularning xo‘jalik subyektlari o ‘rtasida oqilona taqsim-
lanishiga bogMiq boMadi. Bu qoidalar neoinstitusionalizm
yoMialishining muhim nazariyalaridan biri boMgan mulkchilik
huquqlari iqtisodiy nazariyasi tom onidan keng yoritib berilgan.
Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari boMib ameri-
kalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek,
bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barsel, G.Demees,
D.Nort, R.Pozner va boshqalar katta hissa qo‘shganlar.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur
muammoni tadqiq etishdagi ikkita o'ziga xos yondashuvlari
bilan ajralib turadi.
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
|