5. 0 ‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
hamda xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari
Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sliarti ko'p ukladli
iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun
shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat.
Bunda asosiysi
mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz
Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining
tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»7 deb alohida ta’kidlab ko'rsatadi.
Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq
mulki deb atalgan, aslida esa, davlatlashtirilgan mulk to'liq
hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki
deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat
a’zolari o ‘rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki»,
«birovning mulki», deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida
mulkchilikda davlat sektorining salmog'i ancha yuqori bo‘lgan
mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra,
0 ‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-
lashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib,
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Dostları ilə paylaş: |