mehnatga asoslangan va o ‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
va
tadbirkorlikni,
mehnatga
ma’suliyatlilik
munosabatlarini
rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u
xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning
bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo'llash foydali boMgan
bo‘g‘inlami aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi.
Lekin
xususiy
mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman
bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari
asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ
firmalar, magazin, oshxona va shu kabilami sotib olish orqali vujudga
kelishi mumkin.
0 ‘zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlarida xususiy
mulkni shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan
shug‘ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan
mablagMar, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros
tartibda
mol-mulkni
qo‘lga
kiritish
kabilar
ana
shunday
manbalardan
hisoblanadi.
Shuningdek,
Respublika
qonun
hujjatlariga ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21
yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko'rsatish
sohasi obyektlarini, ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga
tanlov asosida sotilishiga aixsat beriladi. Mazkur yer uchastkalariga
xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo‘lib, ular
sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak,
qishloq xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda yer ham xususiy
mulk obyekti bo'lishi mumkin. Biroq yerning boshqa toifalari,
jumladan,
umumiy
foydalanishdagi
yerlar,
qishloq
xo‘jalik
ekinzorlari va davlat zaxirasiga kiritilgan yerlar davlatning alohida
mulk obyektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib
qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin.
Turli shakldagi mulklaming birikib ketishi natijasida aralash mulk
paydo bo'ladi. Bu mulk alohida olingan obyektning turli mulkdorlar
ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi.
0 ‘zbekistonda
bozor
iqtisodiyotiga
o ‘tish
davrida
mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy
maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va
uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni
vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.
110
www.ziyouz.com kutubxonasi