6
bo’ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab
chiqarishda tarkib topadigan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil
qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o’rtasidagi aloqalar
sifatida namoyon bo’lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita
tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti
muayyan bosqichlarining
xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg`unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan,
mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperastiyalash,
ishlab chiqarishning
to’planishi va uyg`unlashtirilishidir.
Ishlab chiqarish har doim muayyan ijtimoiy shaklga ega bo’ladi. Bu ijtimoiy
shakl ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi, ularning mohiyati va
asosini ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik munosabatlari tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: