Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə230/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   238
mehnat kodeksi

562-modda. Xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish
Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi.
563-modda. Da’vo miqdoriga va uni ta’minlashga doir cheklovlarning mavjud emasligi
Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha da’vo miqdoriga va da’voni ta’minlashga doir hech qanday cheklovlar belgilanishi mumkin emas.
564-modda. Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilishda, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirishda yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsning zimmasiga moddiy javobgarlikni yuklash
O‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimga, ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilgan xodimga yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq holda mansabdor shaxs tomonidan ish beruvchiga zarar yetkazilgan taqdirda, sud yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxs zimmasiga yuklatadi. Bunday majburiyat mansabdor shaxs xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning yoki sudning qarorini kechiktirgan taqdirda ham yuklatiladi.
Moddiy zararning o‘rnini qoplash miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
565-modda. Ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish
Xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga ma’naviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab bo‘lgan hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risida xodimning talabiga ko‘ra qaror chiqarishga haqli. Ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan belgilanadi.
5-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha qarorlarning ijro etilish tartibi
566-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya qarorining ijro etilishi
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ish beruvchi ushbu qaror ustidan shikoyat qilish uchun nazarda tutilgan o‘n kun o‘tganidan keyin uch kunlik muddatda ijro etishi kerak.
Ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarorini ijro etmagan taqdirda, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) beriladi.
Guvohnomada:
mehnat nizosi bo‘yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning nomi;
qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar;
xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;
nizoning mohiyati bo‘yicha qaror ko‘rsatiladi.
Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo‘ydirib beriladi.
Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e’tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin