Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə154/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238
mehnat kodeksi

354-modda. Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning VI bo‘limida va mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanadi.
Og‘ir ishlarda hamda zararli va xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning, shuningdek mazkur ishlar sog‘lig‘iga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Mehnat shartnomasi taraflarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
355-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga mos ish joyiga ega bo‘lish;
ish beruvchidan mehnat sharoitlari to‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklariga va boshqa kasalliklarga chalinish xavfi, shu tufayli o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
mehnatni muhofaza qilishning belgilangan normalariga va talablariga muvofiq ish beruvchining mablag‘lari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanish;
qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtalanish;
mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi oqibatida o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda bunday xavf bartaraf etilguniga qadar ishlarni bajarishni rad etish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan o‘z ish joyidagi mehnat sharoitlarini va mehnatni muhofaza qilishni tekshiruvdan o‘tkazishni so‘rash;
ish beruvchining mablag‘lari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari bo‘yicha o‘qish;
qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar olish;
o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni ish beruvchi tomonidan qoplanishi;
o‘z ish joyida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda, o‘zi bilan ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisani yoki o‘zining kasb kasalligini tekshirishda shaxsan ishtirok etish yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etish;
tibbiy tavsiyalarga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida o‘z ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanib qolingan holda mazkur tibbiy ko‘rikdan navbatdan tashqari o‘tish;
mehnatni muhofaza qilish talablari buzilganligi sababli ish joyi tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablag‘lari hisobidan o‘qish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish.
Xodim qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Xodim:
normativ-huquqiy hujjatlar talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etishi;
shaxsiy himoya vositalarini to‘g‘ri qo‘llashi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qishi hamda malaka oshirishi;
majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid solayotgan har qanday vaziyat to‘g‘risida, shuningdek ish jarayonida yoki unga bog‘liq holda ishlab chiqarishda yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Xodimning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin