Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə162/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238
mehnat kodeksi

368-modda. Murabbiylik
Murabbiylik deganda xodimlarni qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirish turlari tushunilib, bunda tashkilotning eng tajribali xodimlari (murabbiylar) muayyan bir mehnat vazifasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni tajribasi kamroq bo‘lgan xodimlarga rejali ravishda yetkazishni ta’minlaydi.
Murabbiylik tashkilot xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv yoki murabbiy bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, agar unga avvalboshdanoq murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar kiritilgan bo‘lsa, murabbiylikni amalga oshirish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos bo‘ladi. Murabbiylik qilish to‘g‘risidagi tegishli shartlar deganda murabbiyning kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimni o‘qitish uchun sarflaydigan ish vaqti, murabbiylik vazifalarini bajarganlik uchun to‘lanadigan haq miqdori va ushbu Kodeksga, jamoa kelishuvlariga, mehnat huquqi normalarini o‘z ichiga olgan ichki va boshqa hujjatlarga zid bo‘lmagan o‘zga shartlar tushuniladi.
Murabbiylikni amalga oshirish davrida murabbiy kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning bevosita rahbari hisoblanadi hamda undan mehnat vazifasini lozim darajada bajarishni va mehnat intizomiga rioya etishni talab qilishga haqli.
Murabbiy tayinlangan taqdirda, kamroq tajribaga ega bo‘lgan xodimning mehnat shartnomasida mazkur shart haqida tegishli belgi qo‘yiladi.
Murabbiylikni amalga oshirish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.
369-modda. Xodimning malakasi va kasbiy standart tushunchalari
Xodimning malakasi uning muayyan kasbiy faoliyat turini bajarishga tayyorligini tavsiflaydigan kasbiy bilimlari, malakalari, ko‘nikmalari, layoqati va ish tajribasining darajasidir.
Kasb standarti asosiy mehnat vazifalari va ularni bajarish shartlari tavsifini o‘z ichiga olgan, mehnat bo‘yicha malaka darajasiga, layoqatga, mehnat sifati va shart-sharoitlariga doir talablarni belgilaydigan standartdir. Kasbiy standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qo‘llash tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Agar qonunchilikda xodimga muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malakaga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, kasbiy standartlarning mazkur talablarga doir qismi ish beruvchilar tomonidan qo‘llanilishi shart.
Kasb standartlarida ko‘rsatilgan va qo‘llanilishi majburiyligi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq belgilanmagan malakalarning tavsiflari ish beruvchilar tomonidan xodimlarning malakasiga doir talablarni aniqlash uchun asos sifatida qo‘llaniladi, bunda xodimlarning qo‘llanilayotgan texnologiyalarga hamda qabul qilingan ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishga bog‘liq holda bajarayotgan mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin