Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə201/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   238
mehnat kodeksi

477-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi
Mehnat jarayonida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siriga duchor bo‘ladigan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi. Bunday ishlar ro‘yxati va ularni bajarishdagi ish vaqtining aniq davomiyligi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish asosida belgilanadi.
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
478-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning har kungi ishi (smenasi) davomiyligi:
o‘ttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘ttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak;
yigirma to‘rt soatli olti kunlik ish haftasida — to‘rt soat, yigirma to‘rt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
479-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin