Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə203/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   238
mehnat kodeksi

483-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun har yilgi qo‘shimcha ta’til qaysi joylarda ishlaganlik uchun mehnat haqiga tegishli koeffitsiyentlar belgilangan bo‘lsa, o‘sha joylarda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarga beriladi.
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay hududlarning ro‘yxati va bunday sharoitlardagi ish uchun beriladigan yillik qo‘shimcha ta’tilning eng qisqa davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan yillik qo‘shimcha ta’tillar belgilanishi mumkin.
484-modda. Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffitsiyentlari
Noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun mehnatga haq to‘lash koeffitsiyenti ayrim hududlardagi mehnat sharoitlarining xususiyatlari inobatga olingan holda xodimlarga to‘lanadigan kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama turidir. Koeffitsiyentlarning eng kam miqdorlari va ularni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
28-bob. Xodim mehnatining xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
1-§. Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
485-modda. Umumiy qoidalar
Tashkilot rahbari ushbu Kodeksga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, tashkilotning ta’sis hujjatlariga, ichki hujjatlarga muvofiq mazkur tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxsdir.
Ushbu paragrafdagi qoidalar, tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulk shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:
tashkilot rahbari yagona ishtirokchi (ta’sis etuvchi), tashkilot mol-mulkining yagona mulkdori bo‘lsa;
tashkilotni boshqarish boshqa tashkilot (boshqaruvchi tashkilot) bilan shartnoma asosida amalga oshirilsa.
Tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish o‘z xizmat vazifalari jumlasiga kiruvchi shaxsdir.
Tashkilot bosh buxgalteri tashkilotda shtatdagi lavozimni egallab turgan, hisob siyosatini shakllantirish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va haqqoniy buxgalteriya, soliq va statistika hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javob beruvchi, amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini, tashkilot mol-mulkining harakati va majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi shaxsdir.
Tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda ushbu paragrafning qoidalari tashkilotda bosh buxgalter vazifasini amalga oshirayotgan mansabdor shaxsga nisbatan tatbiq etiladi.
Tashkilotning alohida bo‘linmalari rahbarlari tarkibiy bo‘linmalarni tashkil etgan tashkilot tomonidan lavozimga tayinlanadigan va mazkur alohida bo‘linmani tashkil etgan tashkilot tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat ko‘rsatuvchi mansabdor shaxslardir.
Tashkilot rahbarining, uning o‘rinbosarlarining, tashkilot bosh buxgalterining va tashkilot alohida bo‘linmasi rahbarining mehnatga oid munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlari ushbu Kodeksda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning, alohida bo‘linmaning ta’sis hujjatlarida, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Qonunda tashkilotlar rahbarlarining mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning ushbu paragrafda nazarda tutilganidan tashqari boshqa o‘ziga xos xususiyatlari ham belgilanishi mumkin.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin