273
Bu shartnomada xam B firma tomonidan
V firmaga shartnoma sharti
buzilganda 10 % jarima to’lash keltirilgan, ya’ni 200 mln.so’mdan 10 % , 20
mln.so’m. Afsuski, B firma A va V firmalar o’zaro kelishib olganidan bexabar edi.
Kelishuvga ko’ra, A firma B firmaga
maxsulot sotish shartini buzib, unga
shartnomaga ko’ra 10 mln.so’m jarimani to’laydi. Xech qanday maxsulot sotib
ololmagan B firma V firmaga shartnomaga ko’ra
tovar etkazib bermaganligi, va
shartnoma shartini buzganligi uchun 20 mln.so’m jarima to’lashga majbur bo’ladi.
A va V firmalar bunday “nopok” kelishuvdan tushgan mo’may pulni o’zaro teng
bo’lishib olishdi.
Savol:
B firma bunday holatni oldini olish va o’zini xavfsizligini ta’minlash
uchun nima qilishi kerak?
Masala.
“Sharq” kinoteatrida xar bir seansda biletlar narxi 1500 so’m bo’lganda –
300
tomoshabin,
1000 so’m bo’lganda – 600 tomoshabin, 700 so’m bo’lganda
1200 tomoshabin zalni to’ldirishi kuzatilgan. Zalda o’rindiqlar soni 2000 ta.
Savol:
Maksimal daromad olish uchun chiptalarni qanday narxda sotish
kerak?
Dostları ilə paylaş: