2.Qanday mezonlar va ko’rsatkichlar asosida aholining ish bilan oqilona bandligi holatini ifodalash mumkin? Aholini ish bilan oqilona bandlikni shakllanishining barcha demografik,
ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi
mezonlarda o’z aksini topadi:
ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasida bozor muvozanatigaa erishish; ish joylarini
ko’paytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat
unumdorligining o’sishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini
ko’paytirish; ishsizlikni kamaytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi
ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va
yangi yaratilgan ish joylarining soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon
boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalëiy va jalb etilgan mehnat
resurslarining soni; aholining migratsion oqimi; mehnatni fond va energiya bilan
qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xo’jaligi har bir
xodimini er yuklanmasi; o’rtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan
ta’minlaíèshi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; asosiy
fondlardan foydalanishning smenalik koeffitsienti; ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo’lmagan shaxslar âà ishsizlar soni hamda ularning nafaqa miqdori;
mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan
qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli xil shakllari va mehnatni tashkil
qilishning samaradorligi va h.k.
3. Mehnat bozorining mohiyati va mazmuni nima? Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan
va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda
ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari)
asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda
ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi,
bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-
iqtisodiy tizimchasidir.