302
oshirish kerak, shundagina bu boradagi xatti-xarakatlar o’zining ijobiy samarasini
beradi;
-
mamlakatdagi
mavjud demografik jarayonlar, mehnat bozoridagi murakkab
vaziyatni inobatga olgan xolda xorijiy mamlakatlarga ishchi kuchi eksportini yo’lga
qo’yish masalalarini ko’rib chiqish kerak. Mamlakatning o’zida ishsizlarni to’la ish
bilan ta’minlash qiyin bo’layotgan sharoitda mavjud
mehnat ryosurslarni chetga
eksport qilish yaxshi samara beradi. Buning uchun xorijda mehnat faoliyati bilan
shug’ullanayotgan o’zbekistonlik emigrantlarning huquqlarini
himoya qiluvchi va
migratsiyani tartibga soluvchi qonunchilikni yaratish lozim bo’ladi;
-o’z-o’zini ish bilan band qilishni rivojlantirish kerak. Chunki uy xo’jaligida,
xunarmandchilikda bandlar mavjud bandlarning salmoqli qismini tashkil etadi.
Ular bandligini takomillashtirish va muntazamligini rivojlantirish uchun
qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlikka, keng yo’l ochib berish va
kichik biznesni qo’llab-quvvatlashni talab etiladi;
- tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ishlab chiqaruvchilarga keng yo’l
ochib
berish dolzarb vazifadir. Ular faoliyatini yo’lga qo’yishni soddalashtirish, ortiqcha
rasmiyatchiliklardan voz kechish, erkinlashtirish, kafolatlar berish, rag’batlantirish,
soliq yukini kamaytirish ishsizlikning kamayishiga olib keladi.
-ishlab chiqarish korxonalarida qo’shimcha yangi ish o’rinlarini yaratganlik
va kasanachilikni yo’lga qo’yganlik uchun korxonani rag’batlantirish
chora-
tadbirlarini amalga oshirish kerak va bu aholi ish bilan bandligini oshirishga
o’zining ijobiy samarasini beradi.
Dostları ilə paylaş: