314
16-MAVZU. FIRMANI KONTSEPTUAL - STRATEGIK
BOSHQARISH
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Konseptual boshqarish. Boshqaruv tajribalari. Yapon modeli. AQSH modeli.
O’zbek modeli. Korporativ boshqaruv.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Kontseptual – strategik boshqaruv ahamiyati
2.Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni
3.Strategik boshqaruvda
marketingning vazifasi
4.Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi
KEYS STADI
Ishbilarmonlik o’yini
Boshlang’ich ma’lumotlar va vazifa.
Korxonaning joriy yildagi tovar mahsuloti hajmi 16780ming so’mni ,
ishlovchilar soni 1780kishi, rejalashtirilayotgan foyda barscha tovar mahsuloti
qiymatining 6%ni, shartli-doimiy xarajatlar salmog’i mahsulot tannarxining 25%ni
tashkil qiladi.
MU quyidagi ichki rezervlar hisobiga oshisho mumkin:
-mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga 1,2%
(kapital emas, balki joriy xarajatlarni oshishi bilan yiliga 4 ming so’m);
-raqobatni
rivojlantirish, ishchilar malakasini oshirish, rag’batlantiruvchi
tizimlar ta’sirini oshirish hisobiga – 0,8% (qo’shimcha harajatlarsiz);
-mehnatni sanitariya-gigiena xolatini yaxshilash hisobiga –2%(birvarakay
harajatlarni oshirish yiliga –6,5ming so’m);
Tsexlarni rekonstruktsiyasi va uskunalarni modernizatsiya qilish hisobiga MU
8% oshishi mumkin. Bu 1470ming so’mlik kapital xarajatni (birvarakay),
undan
tashqari yil davomida 22 ish kuniga to’xtatishni (1yida 262 ish kuni) talab qiladi.
Barcha uskunalarni yangisiga almashtirish va texnologiyaga o’zgartirishlar
kiritish MUni 22% oshirish imkonini beradi, lekin bu 5mln.so’m kapital xarajatni
talab va korxonani 6 oyga to’xtatib qo’yishni talab qiladi.
Choralar joriy qilingan yilda MUgi o’sishi 12%ni taminlaydigan variantni va
joriy qilinayotgan barcha choralarni ijobiy iqtisodiy samaradorligini hisoblang.
Dostları ilə paylaş: