Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uzviylidi “Ijtimoiy menejment” fani umumkasbiy fani hisoblanadi. Dasturni
amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy
matematika, matematik programmalashtirish, iqtisodiy geografiya), umumkasbiy
(iqtisodiy nazariya, statistika, pul, kredit va banklar, menejment, marketing,
makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, strategik menejment, mehnat iqtisodiyoti,
xizmatlar ko’rsatish texnologiyalari, innovatsion menejment, personalni boshqarish
moliya va h.,k.) va ixtisoslik (sifat menejmenti, xalqaro menejment, xizmatlar
sohasi menejmenti, bank menejmenti va marketing ) fanlaridan yetarli bilim va
ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning “Ta’lim-fan-ishlab chiqarish” integratsiyasi va innovatsion rivojlanishdagi o’rni “Ijtimoiy menejment” fani iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda
barcha ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy sohalar
boshqaruv faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha muhim
axborotlar shakllantiriladi hamda muhim strategik qarorlar qabul qilish uchun
boshqaruvchi menejerlarga taqdim etiladi. Bu axborotlar korxonada sog‘lom
muhit sharoitini yaratish iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar ijtimoiy boshqaruv faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishda hamda
bozorda o‘z iste’molchilarini topish, raqobatbardosh mahsulot(xizmat) yaratishda
muhim axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ushbu fan umumkasbiy
fani hisoblanib, zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirishning ajralmas
bo‘g‘ini hisoblanadi.
Fanni o’qitishda qo`llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va internet texnologiyalari “Ijtimoiy menejment” fanini o‘zlashtirishda ta’limning innovatsion ta’lim
metodlaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini
tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, fanni yanada chuqur
o‘zlashtirishda o‘quv uslubiy ta’minot, ya’ni darslik, elektron darslik, o‘quv va
uslubiy qo‘llanmalar, modul topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Fanni
amaliy jihatdan mustahkamlashda esa kompyuter dasturlaridan (Microsoft Exel,
Microsoft Power Point, Web Trust, SYS Trust) slaydlaridan, multimedianing
innovatsion ta’lim vositalari-dan, internet sahifalari va tizimlaridan foydalanishi
mumkin.
352
“Ijtimoiy menejment” fani 3-kursning V semestrida o’qitilib, unda ma’ruza,
amaliy, mustaqil ta’lim mashg’ulotlari semestrlar bo’yicha quyidagi jadval asosida
amalga oshiriladi.