«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


-mavzu. Ijtimoiy menejmentning motivatsion resursi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
12-mavzu. Ijtimoiy menejmentning motivatsion resursi 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni tabiiy rivojlantirish 
imkoniyati bo’lmaganligi sababli ijtimoiy chora-tadbirlardan keng foydalanish 
talab etiladi. 
Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari o’rtasidagi 
bog’liqlikning yo’qligi o’tish davrining eng katta muammolaridan biridir. Bu holat 
esa, jamiyatning zamonaviy bozordan uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish 
vositalarini kollektiv va aralash mulkchilik tasarrufiga
 
o’tkazish iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu o’z navbatida «yashirin» iqtisod uchun katta 
to’siq bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga 
soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo’lmoqda. Juda ko’p holatlarda 
qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtai nazaridan qabul qilinmaydi. Ko’pgina 
tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan hususiy, kollektiv, aralash mulkka 
asoslangan imtiyozlardan o’z maqomini har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq 
muddat foydalanmoqda. 
Mamlakatda resurslardan oqilona foydalanmaslikning sababi, davlat dasturi emas, 
balki 
uni 
amalga 
oshirish 
mexanizmlarining 
byurokratlashganligi 
va 
markazlashganligidir, ba’zi hollarda xo’jalik mexanizmining o’rniga ma’muriy 
tartibga solish usullari qo’llanilgan. Markaziy boshqaruv organlarining noto’g’ri 
rejalashtirishi natijasida yuzlab milliard so’m miqdoridagi moddiy-texnik, valyuta 
va tabiiy resurslar noto’g’ri sarflangan. 
 


366 
13-mavzu. Ijtimoiy o’z -o’zini boshqarish 
 
«Shaxs» - bu o’z qobiliyatidan kelib chiqan xolda ma’lum bir ijtimoiy 
vazifani bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi, uning tuzilishini 
ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat, shaxs va jamiyat 
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, davlat turi bilan uzviy bog’liq. 
Shaxs bu nafaqat me’yor va qadriyatlarni o’ziga singdiruvchi ijtimoiy 
mahsulot, balki kerak paytda o’zining ijodiy va intellektual potentsialidan 
foydalanib jamiyatdagi qadriyat-larni shakllantiradigan ijtimoiy sub’ektdir. 
Insonning bir tomonlama ob’ektiv omillarga tayanib ish yuritishi bugungi kunda 
ham uning imkoniyatlarini to’la namoyon etish imkonini bermaydi. 
Ijodiy qobiliyatga ega talantli insonlarning katta potentsiali butun jamiyat 
manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun insonlarda yangi falsafa va 
zamonaviy madaniyat shakllanishi kerak. Bu falsafaning asosi qobiliyat va talant 
har qanday sohada shubhasiz kadrlanishi kerakligidadir. Shuning uchun, bunday 
insonlarni qo’llab-quvvatlash umumjamiyat ishidir. Insonlarga mustaqil hayot 
boshlayotganda o’zini namoish etish uchun bir xil imkoniyat yaratib berish, turli 
kasb tanlash imkoniyatini yaratish kabilar zamonaviy jamiyatning asosiy 
mezonidir. Shunday holatda jamiyatdagi har bir inson o’z qobiliyatidan kelib 
chiqib o’z o’rnini egallaydi, ya’ni iqtidorliroq, talantli insonlarning jamiyatda lider 
bo’lish imkoni bo’ladi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin