«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Birinchisi 
-
bu boshqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. 
Bular aniq maqsad qo’yilgach, unga erishish usullari belgilangandan keyin
ishchilarni o’z joyiga qo’yish vazifalarni belgilash huquq va majburiyatlarini 
aniqlab berish kabi munosabatlardir. Boshqaruv munosabatlarining bu qismi
tashkiliy munosabatlarning asosi bo’lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Hozirgi zamonda tashkilot nafaqat ma’lum bir vazifani bajaruvchi xo’jalik 
sub’ekti, balki, odamlar va guruhlarni o’zaro ta’sir etish muhitiga aylandi. Turli 
ijtimoiy guruhlarni yaxlit faoliyat ko’rsatishini ta’minlash XX asrning eng katta 
muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning rasmiy va norasmiy 
usullari mavjud. 
Norasmiy usul ko’p hollarda rasmiy usuldan ustunligini namoyon qilmoqda. 
Norasmiy usul birinchi bo’lib AQSh korxo-nalaridan birida Meyo boshchiligida 
o’tkazilgan tajribadan boshlangan. Bu tadqiqot natijasida Teylorning klassik 
nazariya-siga zid bo’lgan ko’pgina omillar muvoffaqiyatga erishishning asosi qilib 
belgilandi. 
11-mavzu. Ijtimoiy resurslar, ularni amalga oshirish yo’llari 
Ijtimoiy resurs shaxslar, ijtimoiy tashkilotlar va umuman jamiyatning ijodiy 
kuch zahirasi bilan aniqlanadi. Insonlardagi bu energiya zahirasini ba’zi
 
olimlar 
yadro energiyasi bilan tenglashtirishadi. Hozirgi zamonning eng dolzarb 
muammolaridan biri, mana shu zahiralarni yuzaga chiqarishdir.
«Resurs» tushunchasi 2 xil ma’noga ega: 
-kerak paytda ishlatiladigan zahiralar va vositalar
-ma’lum
 
bir vositaning chegaralangan imkoniyatlari (masalan, 1sutkada 24 soat 
zahira mavjud).


365 
«Resurs» so’zi «zahira» so’zi bilan yaqin ma’noga ega bo’lib, ko’pchilik 
hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. «Zahira» so’zi lotincha «reserve»dan olingan 
bo’lib, «saqlash» degan ma’noni bildiradi. Bu tushunchalarga yaqin bo’lgan 
tushunchalardan yana biri «potentsial», ya’ni lotincha «potentia» - kuch degan 
ma’noni bildiruvchi so’zdir. Bu tushuncha qo’llanilishi mumkin bo’lgan barcha 
imkoniyatlar yig’indisini bildiradi. 
Ijtimoiy resurslarning har birini qo’llash uchun aniq ijtimoiy texnologiya 
ishlab chiqish kerak. Masalan, motivatsion resurslardan foydalanish 3 bosqichda 
amalga oshiriladi: qadriyatlar, qoidalar va motivlar. 
Odamlar sog’ligi, moddiy farovonlik, oila va oilaviy munosabatlar, ertangi 
kunga ishonch kabilar mahalliy jamiyatning asosiy qadriyatlari hisoblanadi. 
Mahalliy xalq bu qadriyatlarga erishish uchun aktiv faoliyat yuritishlari mumkin. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin