«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1-topshiriq 
«Korporativ madaniyat yoki samaradorlik»? 
P.Anvarov, kompyuterlar savdo qiladigan kompaniyaning marketing 
bo‘limida rahbar bo‘lib ishlaydi. Bozor to‘lgan, raqobat keskinlashgan, savdo 
hajmi pasaygan.
Uning savdo vakillari komandasida, asosan oilasiz 25-30 yoshdagi insonlar 
band. Mijozlarni ushlash va yangi mijozlarni jalb etish uchun ular ko‘p, hattoki 
dam olish kunlari xam ishlar edilar.
Bir necha vaqt avval 35 yoshli Anvarov o‘z bo‘limiga 37 yoshli, 6 yoshli 
bolasini bir o‘zi tarbiyalaydigan, kompyuter texnikasi marketingi bo‘yicha tajribali 
mutaxassisni, Laylo Umarovani ishga olgan edi.
Etarlicha ko‘p ishlayotgan Umarova haftasiga 45 soatdan ko‘p va dam olish 
kunlaridan voz kechish ilojisi yo‘q edi. Qolganlar esa (bolasi yo‘qlar) unga 
qaraganda ko‘proq ishlashar edi, Umarovadan esa uncha mamnun emasdilar.
Oxiri borib, shunday bo‘ldiki, Umarova ish borasida hammadan orqada 
qoldi, faoliyat ko‘rsatkichlari past.
SHunda gurux menejeri 29 yoshli I.Salimova Anvarovdan Umarovani 
bo‘shatishini talab etadi. 
Anvarov qanday yo‘l tutish kerak. 
Albatta, kompaniya etarli bo‘lmagan darajada ishlayotgan xodimlarni ushlab 
turishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Lekin Anvarov shunga aminki, Umarova yaxshi 
mutaxassis va yaxshi munosabatga loyiq. Ikki bolaning otasi sifatida uni yaxshi 
tushunadi.
Bundan tashqari rahbariyat tomonidan xodimlarga oila qadriyatlari haqida 
ko‘p gapirilgan. 
Bu tasdiqlar quruq gap bo‘lib qolaveradimi? 
Vazifa 
1.Vujudga kelgan nizo xarakterini aniqlang va vaziyatni tahlil qiling. 
2.Ushbu muammoni echish uchun qanday har-xil takliflar berar edingiz? 
3.Anvarovni o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror qabul qilgan bo‘lar 
edingiz.
Javobingizni asoslang.
 
Adabiyotlar ro’yxati 
 
1.
Yo‘ldoshev N.Q., Umarxodjaeva M.G., Yaxyoyeva I.K. Ijtimoiy 
menejment. O‘quv qo‘llanma - T.: TDIU, 2012. -244 b. 
2.
Umarxo‘jaeva M.G., Yaxyoyeva I.K. “Ijtimoiy menejment”. O‘quv-uslubiy 
majmua.T.: TDIU, 2013y. 


219 
3.
Бут. О.А. Социальный менеджмент. Учебное пособие.-Томск 2014.- 
305стр. 
4.
“Sog‘lom ona va bola” Davlat dasturi, O’zbekiston Respublikasi 
Przidentining Qarori. 14.02.2016 y. № PQ-1920. 
5.
“Keksalarni e'zozlash yili” davlat dasturi to'g’risida O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Qarori. 2015yil 18 fevral. 
6.
Sh.M.Mirziyoyev. “2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” loyihasi. 7fevral 
2017yil.
7.
I.A.Karimov. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda 2016-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo'nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi

Bosh 
maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, 
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, 
kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga 
yurishdir

/Xalq so’zi. 2016 17 –yanvar. 
8.
Ильин E.П.,Мотивация и мотивы. Учебное пособие,-Спб:Питер, 
2011.536 стр. 
9.
Stephen P. Robbins., Mary Coulter. “Management” 2012.672p 
10.
Philip Kotler., Gari Armstrong. “Prinsiples of marketing”2014.719p 
11.
Effective Management of Social Enterprises.Lessons,published by 
Harward University,Cambridge,Massachutes 2006y.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin