O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi
Ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatdi. Ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi; Shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga ko‘nikishlari demakdir.
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Ijtimoiy pedagogik g‘oyalar va nazariyalarning shakllanishida Sharq uyg‘onish davri olimlarining asarlari alohida o‘rintutadi. Ular faoliyatining mohiyati o‘sha davrgacha mavjud bulganijtimoiylashtirish usullarini ilmiy asoslangan tizimholatiga keltirganliklaridadir. Etuk olimlarning faoliyatidagi uziga xoslik, ya’ni doimiy ilm bilan mashg‘ulbo‘lish, bilimga chanqoklik ularning ijtimoiy pedagogik qarashlarining mazmunida uz aksini topadi. Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi olimlar uz ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o‘sib kelayotgan avlodga qaratish g‘oyasini ilgari surishgan va buni tadbiq etishgan.
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Bu, avvalambor, ular ta’limning maqsadini xayotga tayyorlash, axloqiy me’yor va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo‘lishda, deb bilganliklarida namoyon bulgan. Mashxur olim Al-Xorazmiy (783 — 850 y.) asarlari yorqindidaktik tavsifga egadir. U savol-javob metodi orqalibilimlar qulga kiritilishi, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kirishishi va jamiyatning faol a’zosiga aylanishini ta’kidlagan. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973 — 1050 y.)ta’lim jarayonida qullaniladigan ilmiy usullarni ishlabchiqqan. U, shuningdek, ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Allomaning pedagogik qarashlarini ijtimoiy yo‘naltirilishi axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o‘z ifodasini topgan.