Pedagogika predmeti. Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni haratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutahassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko‘ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etiladi.
Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari.
Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish va ularni qo'llash uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish oldin mamlakat maktablaridagi tajribaning ilg'orligi nima bilan harakterlanadi, shahar yoki tumandagi maktabning ilg'or tajribasi hosil bo'lishida atrofdagi yoki mamlakatdagi ilg'or tajribalar qanday ta'sir qiladi, maktab tarixi, uning an'analari qanday, pedagogik jamoa qandayligini aniqlash muhim.
2. Maktab hayotining hamma tomonlari bilan amaliy tanishish zarur. Buning uchun bir kunda biror sinfdagi hamma darslarni kuzatish, tadqiqotchining qiziqtirayotgan o'quv predmeti darslarini kuzatish, shu sinfda bir hafta yoki bir oy davomida har - xil tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish kerak.
Agar tekshirishlarimiz bolalar bilan ishlashning ko'pgina shakl va metodlarida aks etsa, u holda bunday tajtibalarni ommalashtirish zarur.
3. Pedagogik tajribalarni o'rganishni o'quvchilar jamoasini, tarbiyachilarni, ularning ish uslubini, o'zaro munosabatlar, umumiy qarashlar, bir xil talablari kabilardan o'rganishdan boshlash kerak.Mana shular ilg'or tajribaning mohiyatini tashkil etadi. Bolalar va pedagoglar, o'quvchi va o'qituvchilar jamoasi o'rtasidagi munosabatlar tizimni o'rganish, shundan keyingina ilmiy xodimni qiziqtirgan muammo bo'yicha material yig'ishni bog'lash kerak.
4. Pedagogik tajribani to'g'ri tushunish va baholash uchun uni chetdan turib kuzgatmasdan, balki shu pedagogik jamoani a'zosi sifatida ishlash kerak (ya'ni etakchi, o'qituvchi, sinf rahbari sifatida) yoki o'quvchilarning tadqiqot guruhiga rahbar sifatida ishlash kerak) muammoli sovet tuzish. Har qanday holda ham ilmiy xodim maktabning o'quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashishi lozim, aks holda u ob'ektiv xulosa chiqara olmaydi.
5. Mamlakatdagi ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganishda pedagogika fani yutuqlariga asoslanib, hozirgi zamon fani pozisiyasida turib, tahlil qilish kerak.
XULOSA
Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshhariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabataks etadi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoharashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
ADABIYOTLAR:
Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xoliqberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi » - 2008 yil.
2. Bo’ri Ziyomuhedov. “Ilm hikmati.” Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y
3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.
4.R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
w.w.w. /pedagog/ uz..
3w.w.w. /ziyo.net/
Dostları ilə paylaş: |