Ijtimoiy pedagogika


IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI 4.1. Aholi bandligi va realdaromadlarini izchil oshirish



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə10/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI 4.1. Aholi bandligi va realdaromadlarini izchil oshirish
Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq.
2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo’yilgan.
Byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida muntazam oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016 yil 22 avgustdagi PF–4822-son «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoniga asosan 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
– ish haqi – oyiga 149 775 so’m;
– yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 so’m;
– bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 so’m;
– zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 179 755 so’m qilib belgilandi.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashti­rish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so’zsiz ta’minlash, ularning O’zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni to’siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ–2753-son qarori1 qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab:
– barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda beriladi;
– 58 ta tog’li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, ijtimoiy to’lovlar hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda amalga oshiri­ladi;
oliy o’quv yurtlari talabalariga sti­pendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin