Ijtimoiy pedagogika


Uchinchi yo’nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning us­tuvor yo’nalishlarini o’zida ifoda etadi



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə9/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Uchinchi yo’nalish iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning us­tuvor yo’nalishlarini o’zida ifoda etadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini oshirish, mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo’yilgan.
Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirish, yangi va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish orqali jahon bozoriga chiqishning yangi yo’nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarni ularning tabiiy-geografik imkoniyat­lari, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan holda, hududiy ehtiyoj va manfaatlar nuqtai nazaridan iqtisodiy rivojlantirish choralarini ko’rish belgi­langan.
To’rtinchi yo’nalishda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari o’z ifodasini topgan. Bunda aholi bandligi va uning real daromadlarini izchil oshirish, jumladan, mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun yangi ish o’rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish nazarda tutilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xo­tin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali jamiyatda sog’lom turmush tarzini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot sharoitlarini yaxshilash, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni modernizatsiya qilish orqali uzoq istiqbolga mo’ljallangan va munosib turmush darajasini ta’minlaydi­gan Yuksak madaniyatli yashash sharoitiga erishish chora-tadbirlarini ko’rish eng muhim vazifa qilib qo’yilgan.
Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi.
Beshinchi yo’nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog’liq bo’lib, bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to’kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlash­ga jiddiy e’tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. O’ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O’zbekis­tonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o’zaro ishonch, bir-birini tuShunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni hurmat qilish singari bag’rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati beqiyos ekanligi ta’kidlanadi. O’zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 32 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’i nazar, har bir fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni Shu ruhda tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan.
O’zbekistonning tashqi siyosatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bel­gilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanib, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish bo’yicha ustuvor yo’na­lishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo’yilgan.
Aytish mumkinki, 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish­ning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’tgan 25 yil davomida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi kunda davrning o’zi oldimizga qo’yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo’ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo’lib, u o’zining mohiyat e’tibori bilan O’zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko’tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir.
Albatta, xalqimiz o’rtasida «Harakatlar strategiyasi» degan nom bilan tobora mashhur bo’lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir yo’na­lishi va bandi, uning ajralmas qismi bo’lgan «Xalq bilan muloqot va inson manfaat­lari yili» Davlat dasturining samarali amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, Shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog’liqdir. Buning uchun esa eng avvalo, Harakatlar stra­tegiyasining ma’no-mazmunini, uning har bir yo’nalish bo’yicha qo’yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tuShunib olishimiz kerak.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin