Ijtimoiy pedagogika


Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə83/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari, maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish;
2. Bolalar sog’ligini saqlash;
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash;
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati yo’lida yetarli ta’lim olish;
8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish:
9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini shakllantirish.
Etim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yetimxonalar mavjud. yetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari Shundaki, bu muassasa ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga yangi yondoShuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda keng qamrovli ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab Shuki ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin