Ijtimoiy pedagogika


қабул қилувчи оила Васийлик оиласи



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə81/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

қабул қилувчи оила

Васийлик оиласи

Болаликка олувчи оила

Давлат қарамоғига олиш

Вақтинчалик қабул қилувчи оила

Болалар уйи

Гўдаклар уйи

Мактаб интернат

Davlat qaramog’iga olishi-bolalikka olinmagan yetim-bolaga uni maxsus muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib berish. Bola vaqtinchalik qabul qiluvchi oila, bolalar va go’daklar uyi, maktab-internetga joylashtirilishi mumkin.Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish Bolalikka olingan bola turli xildagi qabul qiluvchi oilalarga-bolalikka oluvchi oila yoki vasiyat oilaga borib qolishi mumkin. Ular o’rtasidagi farq Shuki birinchi holatda bolani qarindoshlari topib olishadi, ikkinchisida, oila vazifasini bolaga qarindoshlik aloqalari bo’lmagan shaxslar bajaradi. Vasiy oila sud qarori asosida aniqlanadi. Vasiy vazifalariga bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uni huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola egaligida bo’lgan ko’char va ko’chmas mulklardan foydalanish va ularni saqlab qolishni ta’minlaydi. Biroq o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bolalikka oluvchi oila bolaning yuridik jihatdan yangi oilasi hisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olishi mumkin. U oila unga boshqa ism ham berishi mumkin. Bolalikka olingan bolaning barcha huquq va majburiyatlari o’z bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.Bolalikka olish bir nechta bosqichda o’tishi mumkin: avval bolaga Shu mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilishadi, agar buning imkoni topilmasa unda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidirishadi. Bolalikka oluvchi oilaning yana bir turi mavjud:


-vaqtinchalik qabul oilasi. Bu bizning jamiyatimiz uchun yangi hodisadir. Bunaqa oila bola shoshilinch tarzda oilasidan judo qilinsa (turli sabablar asosida; o’z oilasida inqirozli vaziyat, o’lim va boshqalar) zarur bo’lib qoladi.
Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila bolalikni himoya qilish shakllaridan biri sifatida bir qator rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan. Biroq bizning davlatda bunday oila keng tarqalmadi. Bu bizning davlatda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohatlar bilan bog’liq. Aholining turmush darajasi yetarli darajada yuqori emas. Shuning uchun kamdan-kam holatlarda oilalar o’zlariga bu vazifani olishadi.
Qabul qiluvchi ota-ona bolali oilalar, bolasiz oilalar, to’liqsiz oilalar, yakka shaxslar bo’lishi mumkin. Odamlarni bolani o’z oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud. Ular:
-fiziologik sabablarga ko’ra o’z bolasi bo’lmagan holatda bolali bo’lish xohishi;
-o’z bolasining vafot etishi;
-yaqin qarindoshlarining vafot etishi;
-o’z bolalari ulg’aygach yana bolali bo’lish xohishi;
-jamiyatda muhtoj bolalarga rahmdillik hissi;
-yolg’izlik hissi;
-diniy sabab va boshqalar.
Vaqtinchalik qabul oilasi professional mutaxassislar oilasi bo’lgani bilan vasiylik oilasidan farq qiladi. Agar xorij tajribasiga murojaat qilsak, uning bir nechta belgilarini aniqlasak bo’ladi; bunday oilaning psixologik-pedagogik tayyorligiga mos tuShuvchi malakaning mavjudligi, bu oila xizmatlariga haq to’lanishi; bolaning oilada bo’lish vaqti qabul qiluvchi ota-onaning ish staji muddati hisoblanishi va boshqalar.
Bola vaqtincha qabul qiluvchi oilada uning keyingi taqdiri xal bo’lgunga qadar yashaydi: o’z oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki boshqa muassasaga yuborilishi. Bolaning o’z oilasiga qaytib kelishi bola oiladan ajratib olingan sabablarning bartaraf etilishini ko’zda tutadi. Bular ota-onasining davolanishi, oila inqirozining tugashi va boshqalar.
Bolaning bu oilada bo’lish bir oydan bir necha yilgacha cho’zilishi mumkin. Bolaning qabul qiluvchi oilada qisqa muddatli bo’lish o’z oilasida inqirozli holatda, to’satdan ota-onasidan judo bo’lganda bolaga shoshilinch yordam ko’rsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi oilada uzoq muddat bo’lishi bola o’z oilasining uzoq reabilitatsiya jarayoni yoki boshqa sabablar bilan izohlanishi mumkin.
Vaqtinchalik qabul oilasiga kelayotgan bolalar kontingentining murakkabligini (ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga olib oilalarda bu bolalarning normal rivojlanishi uchun alohida sharoitlar, g’amxo’rlik yaratilishi lozim. Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin vaziyat bilan bog’liq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday oilaning asosiy maqsadi-biologik ota-onalar bilan aloqalarni ushlab turish va bolani o’z oilasiga qaytarib berish. Agar bolani o’z oilasiga qaytarishning imkoniyati bo’lmasa unda uning keyingi taqdiri borasida sud qarori chiqmaguncha vaqtinchalik qabul oilasida bo’lib turadi. Aslida bunday oila biologik oilada biror-bir inqirozli vaziyat yuzaga kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi.
Qabul qiluvchi oila institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni tanlab olish, ularni bu faoliyatga tayyorlashning effektiv mexanizmini ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi. Qabul qiluvchi oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator umumiy qoidalarni ajratsak bo’ladi. Bu faoliyatni bir qator bosqichlarga ajratsak bo’ladi: oilalarni tanlash, ota-onalarni o’qitish, bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bo’yicha faoliyatlarining patronajini o’tkazish va boshqalar. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning faoliyati doim boshqa mutaxassislar- ijtimoiy ishchilar, shifokorlar, psixologlar, defektologlar bilan hamkorlikda bo’ladi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat har qanday boshqa faoliyat kabi faoliyat maqsadi, sub’ek va ob’ekti, funksiyalari, tashkil qilish metodlari va usullari bilan aniqlanadi. Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi-oilada bolani normal tarbiyasi va rivojlantirish. Uning sub’ektlari yuqorida sanab o’tilgan mutaxassislardir.
Faoliyat ob’ekti oila va bola hisoblanadi. qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishni bir nechta bosqichlarga ajratib, bu bosqichlarda ijtimoiy pedagog faoliyatining funksiyalarini belgilasa bo’ladi.



ijtimoiy pedagogik faoliyat bosqichlari

ijtimoiy pedagog faoliyati vazifalari

ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari

1

Qabul qiluvchi oilani qidirish

Axborot berish

Anketa so’rovlari o’tkazish, suhbat, intervyu

2

Bo’lg’usi qabul qiluvchi ota-onalarni o’rganish

Tashhiz qo’yish (ilk)

Anketa so’rovlari o’tkazish, suhbat

3

Bola bo’lgan muassasa va oilalarga tashrif buyurish (bolalar uyi, inqirozli oila)

Vositachilik

Kuzatuv, suhbat

4

Bo’lg’usi qabul qilish oilani o’rganish

Tashhiz qo’yish (guruhlashgan)

Test o’tkazish, suhbat, hujjatlarni o’rganish

5

Ilk ta’lim. Ma’ruza, hikoya, suhbat, videofilmlar

Ta’lim berish

Ma’ruza, suhbat, kuzatuv, mashg’ulotlar

6

Bolani oilaga joylashtirish, ota-onalarga chuqur ta’lim berish

Patronaj




Birinchi bosqich qabul qiluvchi ota-onalarni qidirish bilan bog’liq. Bu mas’uliyatni bo’ynilariga olmoqchi bo’lgan shaxslar ariza bo’lib unda o’z familiya, ismlari, yashash manzili, uy telefoni, bolalarining yoshi, qaysi jinsdagi va necha yoshli bola olmoqchiligi, bola bilan qancha muddat birga bo’lishlari va boshqalar ko’rsatilgan bo’ladi. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog axborot funksiyasini bajarib, boshqa mutaxassislar bilan birgalikda so’rovnoma o’tkazishadi.


Ikkinchi bosqichda ariza topshirgan nomzodlarga anketa yoki boshqa bir hujjatni to’ldirishni taklif qilishadi. Unda bo’lajak ota-onalar oila tarixini bayon etishadi. O’z turmush tarzlarini, oila a’zolarining diniy mansubligini, turmush o’rtoqlarning sog’ligi holatini, moddiy holatlarini, oilaga bola qabul qilish sabablarini xarakterlab berishadi. Anketa yoki axborot xaritasini ijtimoiy pedagog yana o’sha mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqadi. Shunday qilib potensial qabul oilasining oldindan tashhiz qo’yiladi.
Uchinchi bosqich oila, bolalar uyi yoki bola joylashgan boshqa muassasaga ilk tashrifdan iborat. Bu bosqichda ijtimoiy pedagog bola hamda qabul qiluvchi oila o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi. U bolani kuzatadi, uning tarbiyasi bilan Shug’ullanayotgan shaxslar bilan suhbatlar o’tkazadi.
To’rtinchi bosqich oila va uning atrofdagilarni yaxshilab o’rganishni talab qiladi (chuqurlashgan tashhiz). ijtimoiy pedagog bo’lajak ota-onalar tomonidan to’ldirilgan anketa va ariza bilan tanishib chiqib, bevosita oila bilan tanishadi, oila a’zolari bilan suhbatlar o’tkazadi, undagi pedagogik iqlimni, oila a’zolarida yomon odatlar borligini va boshqa jihatlarni aniqlaydi. So’ngra ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar bilan birgalikda oilaning yaqin atrofdagilarini (qo’shnilar, hamkasblar, do’stlar) o’rganib chiqadi. Bu suhbat yoki maxsus ishlab chiqarilgan anketalar yordamida bajarilishi mumkin.
Beshinchi bosqich bo’lajak ota-onalarning ilk o’qitish bilan bog’liq bo’lib, unda 2-3 kun mobaynida bola joylashgan muassasada nazariy bilimlar amaliy malaka oshirish o’tkaziladi. Bunda ijtimoiy pedagog ta’lim beruvchi funksiyasini bajaradi, kirish kurs dasturini ishlab chiqadi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin