Ijtimoiy pedagogika


Bola haqidagi umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə95/100
tarix11.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111365
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s (1)

Bola haqidagi umumiy ma’lumotlar

1. Bola yoshi ________________________
(tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
2. Bola joylashgan muassasa nomi va manzili
____________________________________
3. Qarindoshlari va ularning manzili _________________
4. Millati
5. Ilova qilinadigan hujjatlar (tavsifnoma, tibbiy xarita, yozma ishlar, rasmlar)_____________________________
6. Asosiy shikoyatlar__________________________

  1. Bolaning yurish-turishi

Umumiy ma’lumotlar
1. Qayerda ta’lim oladi
2. Qachon va qaysi yil

ijtimoiy pedagog savollari
Javoblar

Tarbiyachi

Pedagog

Psixolog

3. takrorlash, qachon va qancha


4. ta’lim jarayonida qanday qiyinchiliklar mavjud
5. muvaffaqiyatning qiziqish tufayli oshishi
6. o’zi o’qishni yoki eshitishni yoqtiradimi
7. sevimli predmetlari
8. sevimli o’yinlari
9. sevimli mashg’uloti
10. musiqa
11. ijtimoiy faoliyat, hayvonlar, tabiatga qiziqish
12. jismoniy tarbiya va sport
intellektual xulq-atvor
13. e’tibor, xotira
14. ishlash qobiliyati
15. darslarda o’zini tutishi
16. zamon va makonda mo’ljal olish
17. yoshga mos kelishi
18. tarbiyasida chetga chiqishlar
19. aqliy rivojlanishning ortda qolishi
Nutq
20. toza, duduqlanish, afaziya, sergaplik, lug’at boyligi, exolaliya va boshqalar
Mator ta’sirlar
21. epchillik, yurishi, yozuvi, kulgusi, chaynashi, kiyinishi, charchashi
22. kayfiyati, negativizm, egotsentrizm, yalqovlik, yolg’onchilik, maqtanchoqlik
23. og’riqqa chidamliligi
24. ishontirish
Uyqu
25. tinch, chuqur, barvaqt, kech, uyqusizlik
Gastrik instinklari
26. spirtli ichimliklar iste’mol qilish
Jinsiy instinklari
27. jinslarga munosabati, uyatsiz harakatlar, rasmlar, so’kinish
28. erta rivojlanish. Onanizm, sadizm, eksgibitsionizm
ijtimoiy xul-atvor
29. atrofdagilarga munosabati
30. tartib, majburiyatlarga munosabati
31. o’g’irlik, o’g’irlangan narsalardan foydalanish
32. qochish, daydilik, gadoylik
Ijod
33. shakl, mazmun, kuch, taqlid
Boladagi o’zgarishlar
34. qaysi munosabatlarda va qachon
Bolaning individual xaritasi
1. Ogil bola Qiz bola _____________________
2. Bola yoshi ________________________
(tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
3. Kelishi (qachon, qayerdan)__________________

  1. Oilasi haqida_________________________

Onasi
Otasi
Qarindoshlari
Vasiy

  1. Tibbiy ko’rsatkichlari (jismoniy rivojlanish darajasi, yuqumli kasalliklar va boshqalar)

  2. Pedagogik ko’rsatkichlari

-o’qitish jadalligi
-o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar
-o’qishdagi qiziqishlar

  1. Psixologik ko’rsatkichlari

-temperament turi
-xarakter xususiyatlari
-“Men” obrazi
-psixologik rivojlanishining umumiy darajasi
-anglab oluvchi jarayonlarning o’ziga xosligi
-xulq-atvor xususiyatlari
-qobiliyatlari

  1. ijtimoiy pedagogik tavsifi

a) ijtimoiy zararli jihatlar:
-erta alkogollaShuv
-chekish
-taksik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish
-g’ayriijtimoiy o’yinlarga qiziqish
-jinsiy xohish
b) ijtimoiy xulq-atvorida chetga chiqishlar
-qo’pollik
-janjallar
-darsdan, mashg’ulotlardan va boshqa Shunga o’xshashlardan qochish
-intizomsizlik
-kuchsizlarni urish
-qalloblik
-hayvonlarga qo’pol munosabatda bo’lish
-o’g’irlik
-jamoat tartibini buzish
v) rivojlanishning ijtimoiy vaziyati
-noxush ob’ektiv
-noxush sub’ektiv
g) ijtimoiy maqom
-etakchi
-guruhda olqishlanadigan
-muayyan shartsiz qabul qilingan
-nazardan qolgan odam
-jasur
ijtimoiy pedagogning keyingi vazifasi tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi dasturini to’qish, ya’ni bolalar uyining bitiruvchisi qanaqa bo’lishi kerakligini tasavvur etish lozim. Buning uchun ijtimoiy pedagog tarbiyachi bilan birgalikda bolaning barcha hujjatlarini, uning muammolarini tahlil qiladi, vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi.
Ish bosqichlari

1. Tayyorlov-muassasaga kirishlarida tanishish bolalar, bola hayoti muhitining omillari, aloqalar o’rnatish, ijtimoiy tashhizi, shaxsning pedagogik imkoniyatlari bilan tanishish, shahar (tuman) muassasalari bilan aloqalar o’rnatiladi, bolalar kartatekasi tuziladi, ishning qisqacha taxlili beriladi.
Tadqiqot usullari
Psixologik test otkazish:
a) “maktab ta’limiga ko’nikish” anketasi
b) ruhiy sholatlarning tashhiz qilinishi
v) bolaning muhitga ko’nikishiga muassasa ta’sirini aniqlash maqsadida kuzatuv olib borish, intervyu olish
Anketa sorovnovnomasi otkazish:
a) insho-bolaning ijodiy qiziqishini aniqlash uchun (adabiyot o’qituvchisi o’tkazadi)
b) qizishlarini so’rab bilish
v) kasbiy qiziqish bo’yicha anketa
2. Tashkiliy-muammolarni tasniflash, ularni tahlil qilish. ijtimoiy pedagog o’z faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini, ijtimoiy ijod shakllarini aniqlaydi, ishda ijtimoiy institutlarni (oila, maktab, yoshlar tashkilotlari, sog’lomlashtirish muassasalari, armiya, ijtimoiy xizmatlar) tartibga soladigan ijtimoiy yordamchilar tarkibini tuzadi, ta’lim, sog’liq, dam olish payti muammolari bilan Shug’ullanuvchi tashkilot, to’garaklar imkoniyatlarini o’rganadi, ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar natijalarini tizimlashtiradi.
3. Bevosita ijtimoiy ish-kuzatuv, g’amxo’rlik, maslahat berish, bola huquqlarini himoya qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili.
Ish shakllari:
1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish.
Vositalar-predmetlar, hodisalar, jarayonlar.
Bolalar uyi sharoitlarida ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish,
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish,
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish.
ijtimoiy pedagog faoliyatining bu umumiy qoidalari bolalar uyi turi, bolalarning yoshi, ularning tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik muammolariga qarab konkretlashadi.
Psixologlar bilan birgalikda ijtimoiy pedagog bitiruvchilarning o’z-o’zini belgilab olishlari (kasb-hunar to’g’risida suhbatlar, korxonalarga ekskursiyalar, professional ta’lim olish to’g’risida suhbatlar), insonning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollarini o’zlashtirishlari (vatanparvar, oila a’zosi, jamiyat a’zosi, iste’molchi, professional va boshqa), oila funksiyalari va tuzilishi bilan tanishishlari, adaptiv mexanizmlarning shakllanishi muammolari bilan Shug’ullanishadi. Bolalar uyidagi murakkab tarbiyaviy jarayon tarbiyachilardan nafaqat bugungi vazifalarni, balki ham bolaning ham jamoaning rivojlanish tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin