Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


  MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə19/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

10. 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA IJTIMOIY 
PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISH 
Mustamlaka Turkiston sharoitlarida matbuot cheklangan o‘quvchilarga ega
bo‘lgan, chunki aksariyat aholi savodsiz bo‘lishgan. Bu holatda dramaturgiya
ma‘rifiy g‘oyalarni tatbiq qilishning eng samarali usuli bo‘lgan. Teatr Avloniy
uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo‘lgan. 1913 yilda Toshkentda
Avloniy ―Turon‖ nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari
Toshkentdagi ―Turon‖ dramatik san‘at jamiyatining nizomida aniqlangan:
―sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug‘dirish, xalq uchun
spektakllar tashkil qilish‖.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va
boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga o‘z nomiga klub va musiqa kurslari,
kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlang‘ich maktablar ochishga,
ta‘limni o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta‘sis
etish huquqiga ega bo‘lgan. Shuningdek, u mavjud hayriya va ta‘lim
muassasalariga moddiy yordam ko‘rsatishi mumkin
5
.
Avloniyning ma‘rifiy g‘oyalari nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan
1908 yilda kambag‘allar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini o‘qitishning
yangi usullari qo‘llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul Shug‘ullanishni
kanda qilmay u darslik va qo‘llanmalar yoza boshlagan. O‘z vaqtida uning
―Birinchi muallim‖, ―Ikkinchi muallim‖, ―Turkiy guliston yoxud axloq‖ darsligi
mashhur edi.
Avloniydan so‘ng ma‘rifatning va dunyoviy bilimlarning faol targ‘ibchisi
Miskin edi. Miskinning ta‘lim va ma‘rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga
ega edi va o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyalarining rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni Shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukm
surgan musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin ta‘lim jarayonini yosh avlodni
xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash deb tuShungan va o‘z qarashini
rivojlantirgan. Miskin va boshqa o‘zbek ma‘rifatparvarlarining intilishlari
5
А. Бобохонов. Хамзанинг ижтимоий педагогик ва адабий фаолияти. Т.:Ўқитувчи. 1979 й. 15 б.


2 kurs talabasi (………)


37
tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga,
insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar
hayotini o‘rganishga qaratilgan edi. Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga
o‘zbek ma‘rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o‘z qarashlarining ketma-ket
emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini
keltirib chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yo‘qligi bilan ajralib turardilar.
Biroq ularning dunyoqarashining cheklanganligi va qarama-qarshiligiga qaramay
ular O‘zbekistonda ilg‘or g‘oyaning rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
XX asr boshidagi o‘zbek pedagogik g‘oyasida 3 asosiy yo‘nalishni ajratsa
bo‘ladi:
1) ko‘proq hukmronlik qiluvchi o‘rta asr feodal klerikal yo‘nalishi;
2) paydo bo‘layotgan milliy burjua yo‘nalishi (jadidlik). Uning vakillari bu
davrda feodal klerikal maktabiga qarshi chiqib o‘zlarining ―usuli jadid‖ pedagogik
talablarini ilgari surish;
3) demokratik taraqqiyparvar yo‘nalish. Demokratik pedagogika o‘rta asr
maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi,
ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan.
XX asr boshida O‘zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o‘zbek xalqi
madaniy hayoti va ma‘rifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi
bilan O‘zbekiston tarixining butun bir davri bog‘liq. O‘z asarlarida o‘zbek xalqi
pedagogik g‘oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya
ijtimoiy ma‘rifiy g‘oyalariga tayanib u ta‘lim tarbiyaning eng global
muammolarini ko‘tara oldi.
Qo‘qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg‘ona,
Marg‘ilon va Toshkentda Shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va
jamoat arbobining jasoratli qadami bo‘ldi. Bu maktablarda ta‘lim-tarbiya
ishlarining yo‘lga qo‘yilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy
faallaShuvi uchun sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik
ishlarining ijtimoiy xarakteri tarbiyaning barcha mashhur turlari (estetik, aqliy,


2 kurs talabasi (………)


38
jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat
malakalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy
taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.
1911 yilda Hamza o‘zining yangi usul maktabini ochdi va unda o‘quv
jarayoni tashkil qilishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi
eng asosiy hodisa 1914 yilda yetimlar va kam ta‘minlangan bolalar uchun ―Dorul
ojizin‖ nomli maktabning ochilishi bo‘ldi. Unda bolalar bepul o‘qitilgan hamda
kitob, daftar, qalam va boshqa yozuv qurollari bilan ta‘minlanganlar. Biroq
Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirishga harakati musulmon
ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Buning
oqibatida ―Dorul ojizin‖ yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi.
Hamzaning ta‘lim mohiyatiga, ommaning ozodlikka erishishi uchun asosiy
qurol, faol, ijodiy shaxsning tarbiyalash vositasiga nisbatan bo‘lganidek, uning
qarashlari o‘zbek ilg‘or pedagogik g‘oyasining rivojlanishida katta qadam edi.
Insonni reallikdan ajratuvchi va uni Shukronalikruhida tarbiyalovchi hukmron
sxolastik musulmon pedagogikadan farqli o‘laroq Hamza Hakimzoda ta‘lim
mohiyatiga yangi qarashlarni kiritgan. Ta‘lim jarayonini yosh avlodni xalqqa
xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb tuShunardi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi
yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb bilgan. Hamza yoshlar o‘z vatani va
xalqi oldidagi ma‘suliyatlarini tuShunish kerakligini ko‘p marta ta‘kidlagan.
Tarbiyaga eng katta ta‘sir qiluvchi omillarga Hamza muhit va oilani kiritgan.
Go‘dakning kelajagi, uning hislarining rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik
vazifalar uni o‘rab turuvchi atrof muhit, uning hayotining xarakteriga bog‘liqdir.
Oilaning jamoat tarbiyasidagi o‘rni bola hamda hayotning o‘zaro munosabatiga
ko‘proq e‘tibor qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u
bolalar bilan psixologik, ruhiy va energetik reja asosida eng ko‘p bog‘langan
shaxsdir. U bolalarni e‘tiborsiz yoki noto‘g‘ri tarbiyalaydigan ota-onalarni
qoralagan. Ta‘lim tarbiyada tub o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun Hamza bir
qator yangi darsliklarni o‘zbek tilida yaratdi: o‘zbek alifbosini o‘rganish uchun
―Engil adabiyot‖, o‘qish uchun ―O‘qish kitobi‖, adabiyotdan ―Qiroat kitobi‖.


2 kurs talabasi (………)


39
Hamzaning kitoblari ta‘lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o‘qilgan va
tez o‘zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o‘zbek bolasining erkin o‘qishi
uchun qulay qilib yaratilgan.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin