2 kurs talabasi (………)
30
-ishlab chiqarishni barqarorlashtirish;
-davlat mablag‘laridan tashqari, mehnat jamoalari, ijtimoiy va mehribonlik
fond va tashkilotlarining mablag‘larini yo‘naltirish;
-aholi daromadlarining yuqori tabaqalaShuviga yo‘l qo‘ymaslik;
-kambag‘allikka qarshi kurashish, nogiron, yetim va qariyalarni qo‘llab-
quvvatlashni kuchaytirish.
Milliy mentalitet va hayot tarzining xususiyatlarini inobatga olib, eng kam
ta‘minlangan oilalarni aniqlash va ularga mahalla qo‘mitalari orqali yordam
ko‘rsatish kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash shakli tarqalmoqda. Bunday yondaShuv
bizning xalqimizda ko‘p asrli ildizlarga ega va amaliy ahamiyati esa
mablag‘larning hayotda aniq tarqatilishini ta‘minlaydi.
Respublikada mustaqillik yillaridan to bugungi kunga qadar olib
borilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy asosi bo‘lib davlatimiz Prezidenti
tomonidan chiqarilgan har bir sohaga tehishli bo‘lgan Farmon, Qaror va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yo‘nalishlarga doir hujjatlar xizmat
qilmoqda:
O‘tgan yillar davomida chiqarilgan hujjatlarni o‘rganar ekanmiz yildan yilga
jamiyatimizfa bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohatlarning barchasi inson manfaatlariga
qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz.
1995 yil O‘zbekistonda shaxsni shakllantirishning ijtimoiy pedagogik
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bo‘lib bugungi kunda ham ahamiyatlidir.
Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta‘lim tizimini to‘g‘ri isloh
qilish bilan izohlanadi.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
5) madaniy-axloqiy tarbiyaning ta‘limdan ustuvorligi;
6) insonda ijtimoiy faollik, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari, muomala va
axloq madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash;
7) ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida
shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy sohalarida
ishtirok etishi;
2 kurs talabasi (………)
31
8) shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish,
insonparvarlik tamoyillarini amalga oshirish;
Ta‘limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik
vositalarini rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy,
ijtimoiy-madaniy qadriyatlar orqali umuminsoniy ma‘naviy qadriyatlarga, inson
huquqlarini ta‘minlashga ko‘nikishlari demakdir.
Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma‘naviy, pedagogik, ijtimoiy
an‘analar bilan birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi
sifatidagi rivojida poydevor bo‘lishi mumkin.
Mustaqillikning o‘tgan davrida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat,
erkin fuqarolik jamiyati asoslari barpo etildi. Iqtisodiyotning butunlay yangi shakli
– ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tildi. Mulkchilik, mulkka egalik
tuyg‘usini shakllantirish orqali jamiyatda insonning bunyodkorlik, yaratuvchilik
qobiliyatini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda. Ijtimoiy sohada butunlay
yangi – inson hayoti, turmush farovonligi, tinchligi va barqarorligiga yo‘naltirilgan
yaxlit, demokratik tizim vujudga keldi. Qonun ustuvorligi, qonun oldida
barchaning tengligini ta‘minlash asnosida haqiqiy erkin demokratik rejim
shakllantirildi. Darhaqiqat, qonun ustuvor bo‘lgan joydagina va qonun doirasidagi
erkin faoliyatgina kishilik jamiyatining butun mohiyatini belgilaydi va uni Yuksak
qadriyatga aylantiradi. CHunki haqiqiy demokratiya – bu qonun hukmronligidir.
Endi ana Shu qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, ularni
zamonaviy sivilizatsiya talablari, XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq
bo‘lgan global muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‘zi taqozo
etmoqda. Bu – bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan
yalpi
yangilanishlarni
talab
qilayotgan
hayotiy
ehtiyojdir.
Prezident
SH.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi bugungi kunda mamakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish,
ulkan vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.
2 kurs talabasi (………)
32
Xalqimizning o‘ziga xos jihati Shundaki, u adolatga, murosaga,
ochiqko‘ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va ongli boshqarish
orqali yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‘zining Yuksak
ma‘naviy-axloqiy, ma‘rifiy-ruhiy va intellektual salohiyatini ko‘rsata oladigan
bunyodkor xalq. Ayni ana Shu kayfiyat, xalq fe‘l-atvori, milliy ruhiyat ochiq
jamiyat qurilayotganini, xalq bilan davlat o‘rtasidagi munosabatning sog‘lom va
o‘zaro ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganini
katta mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Ana Shunday ijobiy hayotbaxsh
ma‘naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib borayotgani sayin jamiyatda ulkan
taraqqiyotga, sifat jihatdan yangilanishlarga va O‘zbekistonning buyuk kelajagini
yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham kuchayib bormoqda.