2 kurs talabasi (………)
25
barchaning tengligini ta‘minlash asnosida haqiqiy erkin demokratik rejim
shakllantirildi. Darhaqiqat, qonun ustuvor bo‘lgan joydagina va qonun doirasidagi
erkin faoliyatgina kishilik jamiyatining butun mohiyatini belgilaydi va uni Yuksak
qadriyatga aylantiradi. CHunki haqiqiy demokratiya – bu qonun hukmronligidir.
Endi ana Shu qo‘lga kiritilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash,
ularni
zamonaviy sivilizatsiya talablari, XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq
bo‘lgan global muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‘zi taqozo
etmoqda. Bu – bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‘nalishlarini qamrab olgan
yalpi
yangilanishlarni
talab
qilayotgan
hayotiy
ehtiyojdir.
Prezident
SH.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi bugungi kunda mamakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish,
ulkan vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.
Xalqimizning o‘ziga xos jihati Shundaki, u adolatga, murosaga,
ochiqko‘ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va
ongli boshqarish
orqali yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‘zining Yuksak
ma‘naviy-axloqiy, ma‘rifiy-ruhiy va intellektual salohiyatini ko‘rsata oladigan
bunyodkor xalq. Ayni ana Shu kayfiyat, xalq fe‘l-atvori, milliy ruhiyat ochiq
jamiyat qurilayotganini, xalq bilan davlat o‘rtasidagi munosabatning sog‘lom va
o‘zaro
ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganini
katta mamnuniyat bilan qabul qilmoqda. Ana Shunday ijobiy hayotbaxsh
ma‘naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib borayotgani sayin jamiyatda ulkan
taraqqiyotga, sifat jihatdan yangilanishlarga va O‘zbekistonning buyuk kelajagini
yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham kuchayib bormoqda.
Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari,
ehtiyojlari, talablari va hayotiy
tamoyillari bo‘ladi. Tabiiyki, bularning barchasini shakllantirish va
rivojlantirishga, ularga alohida ma‘no-mazmun bag‘ishlashga, bu davrda davlat,
jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‘nalishlarini
belgilab beradigan ulkan tarixiy voqealar bo‘ladi.
2 kurs talabasi (………)
26
2016 yil 4 dekabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Respublikasi Prezi-denti saylovi, hech Shubhasiz, yangi tariximizdagi ana Shunday
beqiyos hodisa bo‘ldi.
CHunki aynan ana Shu saylovda butun O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk
siyosiy irodasi, huquqiy
madaniyatini namoyon etib, mamlakatimizning
istiqboldagi taraqqiyoti, xalqimiz, farzandlarimizning yorug‘ kelajagi, farovon
hayoti uchun ongli ravishda ovoz berdi. Demokratik talablarga to‘liq
mos tarzda,
milliy saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar doirasida, ochiq va oshkora
o‘tgan saylov jarayonini 5 ta nufuzli xalqaro tashkilot va 46 ta davlatdan 600 ga
yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
Yuksak saviyada o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik
Dostları ilə paylaş: