Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


  BOLA RIVOJLANISHIDA MUHITNING TASIRI



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə10/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

5. 
BOLA RIVOJLANISHIDA MUHITNING TASIRI 

Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit avvalambor bolaning yangi


muhitlarga integratsiyalaShuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan
inson va unga ta‘sir qiluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati
hamkorlik xarakteriga ega ekanligi muhimdir. Muhit-inson kirishishi, o‘zini qulay
sezishi uchun joylaShuvinigina yetarli bilishi lozim bo‘lgan ko‘cha, uy va boshqa
narsalar emas. Balki, muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari
bilan xarakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga
yangilik kiritadi, muayyan darajada ta‘sir qiladi hamda o‘zgartiradi va o‘z o‘rnida
muhit ham inson oldiga o‘z talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini
qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin. Muhitning insonga munosabatini
insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa
bo‘ladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha mavqe‘larni egallashi
mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe‘larini egallashi
mumkin. Har bir mavqe‘ insonga muayyan talablarni qo‘yadi va Shu bilan birga
unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va
majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqe‘i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda
tug‘ma maqomlar bo‘lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug‘ilgan
joyi, familiyasi va boshqa omillar ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga
odatda tug‘ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil
erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga Shu
sohadagi kasb tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta‘lim olgan va bu soha bo‘yicha
diplomga ega bo‘lgan shaxs erishishi mumkin. YUqoridagi maqomni qo‘lga
kiritilgan maqom desak adashmagan bo‘lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini
Shu maqomdagilar holatiga ko‘ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima
kutishlari xam muximdir. Shuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-
atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi


2 kurs talabasi (………)


18
jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati Shundaki,
jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma‘qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan
ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning
uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni
o‘zlashtirishi mumkin.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin