Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Patronaj- ijtimoiy pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, unda ijtimoiy
pedagog tashhiz, nazorat va reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu
esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj
oilani uning tabiiy sharoitlarida kuzatishga imkon beradi. Patronajning o‘tkazilishi
bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul
qilish, konfidensiallik va boshqalar. Shuning uchun oilani avvaldan tashrif
to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo‘ladi.
Doimiy patronajlar avvalambor g‘ayri ijtimoiy oilalarga nisbatan qo‘llanilishi
lozim. CHunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga chaqiradi. Shu bilan birga
vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogik faoliyatda oila bilan ish olib
borishning muhim shakllaridan biri–bu konsultativ suhbat o‘tkazishdir.
Konsultatsiya asosan hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga duch
kelayotgan sog‘ odamlarga mo‘ljallangan. YAkka tarzdagi konsultatsion suhbatlar
bilan bir qatorda oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari-treninglar ham
o‘tkazilishi mumkin.
Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish
olib borishni faol metodlaridan foydalanishga asoslangan sohasi sifatida
ta‘riflanadi.
Shuni
ta‘kidlash
joizki,
bugungi
kunda
o‘tkazilayotgan
trening
dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi


2 kurs talabasi (………)


16
bo‘libgina qolmay, ijtimoiy pedagogika, ta‘lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega
bo‘ldi. Trening bir qancha indevidual va jamoaviy ish olib borish usullarining
uyg‘unlaShuvi bo‘lib, ota-onalarning psixologik, pedagogik savodxonligini
oshirish muammosini xal qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. Bu
muammo so‘ngi o‘n yilliklar davomida o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti.
Ayniqsa ruhiy va jismoniy nuqsonli farzandli oilalarda bu muammo nihoyatda
keskindir.
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almashishi, savollar
berishi va guruhda qo‘llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot
almashinuvida yetakchilik rolini bajarish faollikni oshiradi. YUqoridagi ususllar-
konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib ham qisqa muddatli ham uzoq
muddatli shakllarda qo‘llaniladi.
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondaShuvga asoslangan
taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. U demografiya, ijtimoiyogiya, ijtimoiy
psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila
byudjeti), etnografiya, tarix va falsafa ma‘lumotlarini o‘rganishni va ulardan
foydalanishni ko‘zda tutadi.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy
pedagogika, ijtimoiy ish, sog‘liqni saqlash va boshqalarning markaziy
ob‘ektlaridan biriga aylanmoqda. CHunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha
jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog‘liq.




2 kurs talabasi (………)
17


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin