Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi


Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə6/57
tarix22.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#190472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi-fayllar.org

Ijtimoiy pedagog kasbi va uning vazifalari
Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir—biri bilan bog‘liq
bo‘lgan tibbiyot, sport, mnlitsiya, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib
kelindi. Natijada jamiyat a‘zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o‘qituvchi va
ota-onalar Shug‘ullanishi lozim degan fikr o‘rnashib qoldi. YUrtimizda ijtimoiy
ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada mutaxassis kadrlarni tayyorlash
jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda insonlarning yashash sharoitini
yaxshilashda, eng asosiysi- har bir jamiyat a‘zosini ijtimoiy himoyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga qo‘yiladigan kasbiy talablar:
·
ijtimony axborot berish, ya‘ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam
va xizmat ko‘rsatish spekgrlari haqida ma‘lumot berish;
·
ijtimoiy -huquqiy yordam, ya‘ni bolalarga, jamiyat
a‘zolariga o‘z
haq - huquqlarini anglashga yordam berish;
·
ijtimoiy - reabilitatsion xizmat, ya‘ni insonldrning ma‘naviy –
axloqiy, emotsional, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish,
·
ijtimoiy- iqtisodiy yordam, ya‘ni posobiya, konpensatsiya, nafaqalarni
olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy
yordam berishni tashkillashtirish;
·
ijtimoiy—tibbiy yordam berish, ya‘ni bolalarni ijtimoiy patranaj
qilish, voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni
profilaktika va reabilitatsiya qilish;

ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog`lom
muhitni tashkil etishga yordam berish:


2 kurs talabasi (………)


11

ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o`z
haq-huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, o`qituvchi va o`quvchi
orasidagi ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.
Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi
sohalarda o`z bilimlarini boyitib borishi shart.

milliy istiqlol g`oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar,
buyruqlar, ko`rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va x.k.),

ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi

yosh davrlar psixologiyasi

sotsiologiya

ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari
va h.k.
Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko`nikmalarga ega
bo`lishi talab etiladi:

analitik, ya'ni sotsiumda ro`y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil
etish, bolaning ruqiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir
hamkorlik faoliyatini tashkil etish;

prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo`yicha
bolaning muammolarini hal etish yo`llarini bashorat qilish;

loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash
va rejalashtirish;

refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o`zining faoliyatini tahlil etib
borishi;·
kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqat
madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqatga kirisha bilish,
faktlar to`plash singari faoliyatlarni o`z ichiga oladi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin