2 kurs talabasi (………)
8
-go‘daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o‘yinlar;
-ilk maktab davri-o‘quv faoliyati;
- o‘smirlik davri-kasb ta‘limi faoliyati;
-o‘spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Insonning voyaga yetishida, uning shakllanishi jarayonida, u bevosita
munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutishadi. Ularni ijtimoiy pedagogikaga
oid adabiyotlarda ijtimoiylashuv agentlari deb ham nomlanadi. Turli yosh
davrlarida agentlarning tarkibi turli bo‘ladi. Bolalar va o‘smirlar uchun ota-ona,
aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qo‘shnilar agent bo‘lishlari
mumkin. YOshlik davrig kelib agentlar qatoriga turmush o‘rtog‘i, hamkasblari
ham qo‘shilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rinlariga, inson uchun
qanchalik ahamiyatli ekanligiga qarab agentlar ham farqlanadi: faol ta‘sir etuvchi
va faol ta‘sir ko‘rsatmaydigan.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy
muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi,
salomatligi
holati,
ijtimoiy
ahvoli,
tirikchilik
vositalari
bilan
yetarli
taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi
gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz
yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi,
daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan
insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam
berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat
koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish;
daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida
daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari;
tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat
koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan
qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.