2 kurs talabasi (………)
34
sovuqlik, psixik rivojlanishning to‘xtab qolishi, turli ruhiy patalogilarda namoyon
bo‘ladi.
O‘smirlarga xos bo‘lga rad etish, qarshi chiqish kabi hislatlar odatda
bir-biriga emotsional bog‘liq bo‘lgan oilaviy munosabatlarning oqibati
hisoblanadi.
O‘smir axloqiy qadriyatlari tizimining shakllanmaganligi holatida
uning qiziqishlari g‘arazli xarakter kasb eta boshlaydi. Bunaqa o‘smirlarga
infantilizm, ko‘ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida
namoyon bo‘lib, uning asosida yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘planishligi bilan
bolaning erta ijtimoiylashuvidagi og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va
individual hususiyatlar yotadi. Bunaqa bolalar avvalambor maktabda yomon
tayyorlanishgan bo‘lishadi, uy vazifalariga mas‘uliyatsizlik bilan qarashadi,
maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. Bu esa ularning o‘quv
dezadaptatsiyasidan dalolat beradi.
Maktab o‘qo‘vchisining dezadaptatsiyasi o‘z rivojlanishida quyidagi
bosqichlardan o‘tadi:
-o‘quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida
qayinchiliklra paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadigan holat;
-maktab dezadaptatsiyasi –o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir
qatorda o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, xulq-
atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;
-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish
batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
-bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallaShuvi.
Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me‘yordan chiqishning yana bir
muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g‘ayriijtimoiy
xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib
ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:
2 kurs talabasi (………)
35
-o‘zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa
bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish
qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy
munosabatlar turi;
-to‘liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari
sharoitida tarbiyaviy ta‘sirlarning beqaror turi;
-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste‘moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi,
ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq a ijtimoiy munosabatlar turi.
SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi yoki
unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.
Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta‘sirini tahlil
qilish Shuni ko‘rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi.
Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar
ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va
kambag‘allarga sinflashishi, axoli ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi,
ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy
darajasida, qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan
esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qarashida o‘z
aksini topadi.