2 kurs talabasi (………)
56
faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa
bu maqsad va vazifalarning amalga oshishi uchun yetarli bo‘lgan muddatni
belgilash.
Shuni ta‘kidlash joizki, ijtimoiy pedagog va oila o‘rtasidagi shartnoma
biznes yoki nikoh shartnomasiga o‘xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas,
balki axloqiy majburiyatlarga ega bo‘lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi.
SHartnoma bo‘yicha hamkorlik oilani shartnoma shartlarini ishlab chiqishda,
qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etishini ta‘minlaydi. O‘smirlar va o‘spirinlar
bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga
jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari
psixoijtimoiy yondoShuvga asoslanishadi va to‘rtoydan ortiq vaqtni talab qiladi.
Psixoijtimoiy yondaShuvning asosiy vazifalari biror bir vazifani bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish, oilaga ta‘sir qiluvchi boshqa
ijtimoiy tizimlardagi holatlarni o‘zgartirishdan iborat. Aynan ijtimoiy pedagogik
yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: