2 kurs talabasi (………)
149
bo’yicha bolalarning maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil
etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta‘lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi
zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni
maktabga tayyorlash bo’yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi,
rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o’rganilmaganligi, faoliyat
yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma‘lumotli emasligi, ta‘lim sifati
monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo’ldi.
Davlatimiz rahbari O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26
yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: ―Maqsadimiz kelgusi 3-4
yilda mamlakatimizdagi bog‗cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta‘lim
muassasalariga to’liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz‖, - deb
ta‘kidlagan edi.
Darhaqiqat, o’tgan qisqa vaqt mobaynida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‗risida»gi, «Maktabgacha ta‘lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‗risida»gi, «O’zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g‗risida»gi
farmon va qarorlari, shuningdek,
―Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha 2017-2021
yillarga mo’ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta‘lim tizimini
yanada takomillashtirish bo’yicha «Yo’l xaritasi» asosida misli ko’rilmagan ishlar
amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, farmon va
qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz
rahbarining doimiy e‘tiborida bo’layotganligini guvohi bo’lmoqdamiz. Qabul
qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni
bo’yicha maktabgacha ta‘lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga
oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta‘lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy
yilga nisbatan 32 foizga o’sishi kutilmoqda.
2 kurs talabasi (………)
150
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan
videoselektor yig‗ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib,
istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‗or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini
yaratish, maktabgacha ta‘lim sifatini oshirish, maktabgacha ta‘lim muassasalarida
bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta‘lim-tarbiya jarayoniga
jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan zamonaviy ta‘lim dasturlari va
texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta‘lim muassasalariga pedagog kadrlarni
tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb
vazifalar qo’yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit
yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo’shab yotganligi, ulardan
samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida
amalga oshirilishi lozim bo’lgan yettita yo’nalishdagi strategik vazifalar belgilab
berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‗chada qurilish-ta‘mirlash
ishlarini bajarish uchun 771 milliard so’m mablag‗ ajratish, jumladan, 14 tasini
yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta‘mirlash
rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi
maktabgacha ta‘lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan
boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‗chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr
energiyasi uchun sarflanadigan mablag‗ning yarmi davlat budjeti hisobidan
qoplanishi, bog‗chalarda bolalarni sog‗lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan
oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta‘minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir
maktabgacha ta‘lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat
mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar
bog‗chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil
etilib, ―Ketring‖ xizmatini yo’lga qo’yish mexanizmining ishlab chiqilishi,
maktabgacha ta‘lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
2 kurs talabasi (………)
151
ularning
malakasini
oshirish
instituti
faoliyatining
takomillashtirilishi,
maktabgacha ta‘lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini
real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta‘lim pedagoglariga
qo’yiladigan talablarning qayta ko’rib chiqilishi tom ma‘noda sohani dunyo
standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi
sohaning me‘yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu
bois, ilg‗or xorijiy tajriba asosida ―Maktabgacha ta‘lim to’g‗risida‖gi qonun
loyihasini ishlab chiqishdan iborat o’ta dolzarb vazifa yuklatildi.
E‘tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o’z
navbatida
ta‘lim
sohasiga
oid
milliy
qonunchiligimizning
yanada
takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday ekan, tizim oldiga qo’yilgan vazifalarning ijrosini ta‘minlash biz
Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas‘uliyatni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: